ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari va davlat vakillari Ostona sammitida qanday bayonotlar berdi?
Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min:
- ShHTning o‘tmishdagi, hozirgi va kelajakdagi taraqqiyoti va yuksalishi “Shanxay ruhi” bilan o‘zaro bog‘liq.
Qosim-Jomart Toqayev:
- Tashkilotning kengayish jarayoni yangi imkoniyatlarni ochib beradi va uning rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
Vladimir Putin:
- Mamlakatlarimiz o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanishni oshirmoqda. Rossiyaning ShHTda o‘z to‘lov va hisob-kitob mexanizmini yaratish taklifini eslatib o‘taman.
Sadir Japarov:
- 2025 yilda Qirg‘izistonda ShHT Yoshlar raqamli forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev:
- ShHTning asosiy tamoyillariga sodiqligimizni saqlab qolish va yanada mustahkamlash g‘oyat muhim, buning natijasida tashkilotning bugungi muvaffaqiyatlari, xalqaro munosabatlardagi yuksak nufuzi va barqarorlashtiruvchi roli o‘smoqda.
Si Szinpin:
- ShHT davlatlari rivojlanish huquqini himoya qilishi kerak.
Muhammad Moxber:
- Eron energetika sohasida siyosiy vositalardan foydalanishga keskin qarshi.
Subrahmanyam Jaishankar:
- Hindiston va Xitoy chegara hududlaridagi muammolarni hal qilish uchun sa’y-harakatlarini ikki baravar oshiradi.
Emomali Rahmon:
- Tashkilot (ShHT) xalqaro munosabatlarning muhim ishtirokchisi sifatidagi maqomini qat’iy saqlab turishi va global rivojlanishning hozirgi tendensiyalariga mos ravishda o‘zgarib borayotgan dunyoga moslashishi kerak.
Aleksandr Lukashenko:
- Tashkilotimiz nufuzi oshishi, ittifoqchi va tarafdorlar doirasi kengayishi uchun bor kuch-g‘ayratimizni ishga solishga harakat qilamiz. Biz bir qutbli dunyo devorlarini yo‘q qilishga qodirmiz.