Ostona ShHT sammitini o‘tkazishga tayyor

3 va 4 iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadi.

 “Kazinform” agentligi poytaxt muhim tadbirga qanday tayyorgarlik ko‘rganligi haqida fotoreportaj tayyorladi.

Sammit ochilishi arafasida Ostona xalqaro diplomatiyaning haqiqiy markaziga aylandi. Poytaxt aeroporti hududidan boshlab barcha joyda puxta tayyorgarlik ko‘rilayotgani ko‘zga tashlanadi. Mehmonlarni kutib olish uchun bu yerda ShHT ramzlari va tabrik yozuvlari tushirilgan katta bannerlar tayyorlanib, tantanavor muhit yaratildi.

Аэропорт ШОС

Sammitga tashrif buyuradigan prezidentlar va hukumat rahbarlari delegatsiyalari uchun qulaylik yaratish maqsadida, sammit davomida poytaxt aeroporti va vokzallarida kechayu kunduz kuchaytirilgan rejim joriy etildi. Shaharni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga ham alohida e’tibor qaratilgan: barcha yo‘llar puxta ta’mirlanib, markaziy ko‘chalar bo‘ylab daraxt ko‘chatlari, gul va butalar ekildi.

Sammit o‘tkazilish joyi sifatida binoning o‘zi va uning atrofidagi hudud - Qozog‘iston poytaxtining ramzlaridan biri hisoblanmish Mustaqillik saroyi bejiz tanlanmadi. Saroy ko‘p yillar davomida turli formatdagi muhim davlat va xalqaro tadbirlarni o‘tkazish joyi bo‘lib kelgan.

аэропорт

Mustaqillik saroyi ro‘parasidagi Tinchlik va hamjihatlik saroyi binosida jahon agentliklari jurnalistlari uchun matbuot markazi joylashtirilgani alohida e’tiborga loyiq.

Sammitning yuksak maqomi inobatga olinib, politsiya xodimlari kuchaytirilgan xizmatga o‘tkazilgan. Bundan tashqari, sammit davomida poytaxt ustidagi havo chegaralari xavfsizligi kuchaytiriladi.

Монумент Независимости, дороги, ШОС

Delegatsiyalarning maxsus kolonnalari o‘tish vaqtida poytaxtning asosiy ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Shu bilan birga, fuqarolarga qulaylik yaratish va transport tirbandligining oldini olish maqsadida hokimlik davlat organlari va boshqa sektorlarga 2-4 iyul kunlari xodimlarining 70 foizigacha bo‘lgan qismini masofaviy ish formatiga o‘tkazish tavsiya qilindi. Poytaxt xalqaro aeroportida bu kunlarda reyslarning jo‘nash va qo‘nishlari odatdagidek amalga oshiriladi.