“Ostona — Samarqand” yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yish rejalashtirilyapti

Bu masala O‘zbekiston va Qozog‘iston soha vakillarining Ostona shahridagi yig‘ilishida muhokama qilingan.

“Yo‘lovchi tashish” va «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati o‘rtasidagi muhokamada yo‘lovchi tashishni rivojlantirish va ikki davlat o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash masalalari kun tartibidan o‘rin olgan.

 

Muzokaralar yakunida turistik poyezdlarning harakatlanishi bo‘yicha kelishuv imzolangan va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ  xabariga ko‘ra, tomonlar, shuningdek, sayyohlik salohiyatini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladigan yangi xalqaro yo‘nalishlar, jumladan, Ostona-Samarqand yo‘nalishlarini ochish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqqan.

“Davlatimizning taklifi bilan “Olmaota – Toshkent” yo‘nalishidagi 1/2-sonli poyezdning harakatlanish jadvali qayta ko‘rib chiqildi. 1/2-sonli «Olmaota-Toshkent» poyezdi o‘tgan yili 72 mingdan ortiq yo‘lovchini tashidi, bu esa mazkur yo‘nalishga bo‘lgan qiziqish yuqori ekanligini ta’kidlaydi. Mamlakatlar o‘rtasidagi yo‘nalish uzunligi 988 km.”, deyiladi rasmiy xabarda.