Koreyalik temiryo‘lchilar "Toshkent - Samarqand" yo‘nalishida yangi poyezd yo‘li quradi

Janubiy Koreya temir yo‘l korporatsiyasi "Toshkent - Samarqand" yo‘nalishida tezyurar poyezdlar uchun temir yo‘l liniyasi qurilishining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishga kirishdi.

Koreya Respublikasi Eksport-importi banki buyurtmasi bilan oshirilayotgan loyiha 15 oy, aniqrog‘i, 2026 yil martiga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev joriy yil sentyabr oyida «Toshkent – Samarqand», «Samarqand – Navoiy – Buxoro» yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temir yo‘l qurish rejalarini e’lon qilgan edi.

O‘zbekiston joriy yil iyun oyida "Hyundai Rotem" kompaniyasi bilan tezyurar elektr poyezdlarini xarid qilish va yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi. Bitimga ko‘ra, 6 ta tezyurar poyezd xarid qilinib, "Toshkent - Urganch - Xiva" yo‘nalishiga qo‘yiladi. Jaloliddin Manguberdi deb nomlanadigan poyezd masofani 7 soatda bosib o‘tadi.