“Afrosiyob” poyezdi qatnovi jadvaliga o‘zgartirish kiritildi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2022 yil 9 yanvardan boshlab, har haftaning yakshanba kunlari “Samarqand-Toshkent-Samarqand” yo‘nalishida 767/768 sonli “Afrosiyob” poyezdlarining qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ xabar berdi.
Harakat jadvaliga ko‘ra, 767-sonli “Afrosiyob” poyezdi yakshanba kunlari soat 10:50 da “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida, 768-sonli poyezd esa shu kuni soat 13:40 da “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradi.
Shu bois amaldagi “Afrosiyob” poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra, bugungi kunda soat 08.30 da “Toshkent - Samarqand” yo‘nalishida harkatini amalga oshirgan 764-sonli “Afrosiyob” poyezdi soat 07:00 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan;
- har kuni soat 17:06 da “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 763-sonli poyezd esa ushbu sanadan boshlab soat 16:40 da Samarqand temir yo‘l vokzalidan;
- bugungi kunda soat 09:02 da “Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida qatnovini amalga oshirgan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi soat 08:30 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan;
- hozirgi kunda soat 15:02 da "Buxoro-Toshkent" yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 769-sonli “Afrosiyob” soat 15:27 da Buxoro temir yo‘l vokzalidan;
- soat 15:50 da “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida harakatini boshlaydigan 761-sonli poyezd soat 15:52 da Buxoro temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshirishni boshladi.
Bugungi kunda soat 04:55 da “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 765-sonli “Afrosiyob” poyezdi soat 04:31 da Buxoro temir yo‘l vokzalidan harakatini boshladi.
Amaldagi boshqa “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari o‘z harakat jadvali bo‘yicha harakatlanadi.