Emine Erdog‘an: Samarqand qog‘ozining ko‘p yillardan buyon saqlanib kelinayotgani katta hayrat uyg‘otdi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va uning rafiqasi shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun Samarqandda bo‘lib turipti.

Tashrif doirasida Ziroat Mirziyoyeva Emine Erdog‘an bilan uchrashdi.

Birinchi xonimlar Samarqanddagi Konigil qishlog‘idagi «Meros» qog‘oz ishlab chiqarish fabrikasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

“O‘zbekistonning qadimiy shahri bo‘lgan Samarqanddagi qog‘oz fabrikasiga tashrif buyurdik.
Samarqand qog‘ozining ikki ming yildan beri butunligicha saqlanib kelinayotgani menda katta hayrat uyg‘otdi”, deb yozgan Emine xonim instagramdagi sahifasida.

Shuningdek Emine Erdog‘an o‘zbek milliy an’analari, tarixiy qadamjolari, hunarmandchilik namunalari bilan ham tanishtirildi.