"Uyda yolg‘iz", "Ayoz bobo", "Taqdir hazili yoxud qushday yengil bo‘ling" filmlari haqida qiziqarli faktlar

Yangi yil bayramini sevimli va zavqli oilaviy komediyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

1990 yilning 16 noyabrda efirga uzatilgan kam byudjetli "Uyda yolg‘iz" komediyasi ekranga chiqmasligi mumkin edi. Filmda super yulduzlar yo‘qligi sababli u muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga ishonilgan. Ammo ssenariy muallifi va prodyuser Jon Xyuz uni atigi 10 million dollarga (50-70 million dollar o‘rniga) yaratishga va’da beradi.

Xarajatlar aytilganidan oshib ketadi va suratga olingan materialni ko‘rgan eng yirik Warner Brothers kino konserni zarur miqdorni to‘lashdan bosh tortgach,film yopiladi. Faqat 20th Century Fox kinostudiyasiga film juda yoqadi va film byudjetini 18 million dollarga ko‘tarishga qaror qilinadi. Kinokartina kutilmaganda mashhur filmga aylanadi.

* Film ssenariysi 10 kunda tayyor bo‘lgan, shundan 44 sahifasi 8 soatda yozilgan.

* Kevin (Kalkin) 400 nafar o‘g‘il bolalar kastingidatanlab olingan.

Ssenariyni chetlab: Kevin (Makoley Kalkin) hammomda soqol uchun ishlatiladigan losyonni yuziga surtib shappatlab qo‘yishi kerak edi, ammo bola losyonni surtib dahshatli qichqiradi va bu impravizatsiya filmda qoladi.

Televizorda ko‘rsatilayotgan Kevinning sevimli gangster filmi aslida "Uyda yolg‘iz" uchun maxsus olingan oq-qora film.

Epizodlardan birida jinoyatchi Marvin archa shisha bezaklarni bosib oyoqyalang yurgan. Effekt ustalari shisha bezaklarni shakardan yasashgan. Qorda yurganda esaqahramon oyoqlariga kauchuk "qo‘lqop"lar kiyib olgan edi.

Kinoda qor yanada effektli bo‘lishi uchun kartoshkali parraklardan foydalanilgan. Lekin qor bir necha kundankeyin erigach, yerda yoqimsiz hid taratib kartoshka parraklari yotardi.

"Ayoz bobo" 60-yillar "ujastik" filmi

Aleksandr Rouning 1964 yilda chiqqan "Morozko" yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida ham bolalar, hamkattalarning sevimli ertagi bo‘lib kelmoqda.

***

Filmdagi eng hayratlanarli va esda qolarli sahnalardan biri, Nastenkaning ochko‘z singlisi Marfusha(Churikova) suratga olish guruhi xatosi tufayli olmao‘rniga bir-necha dubl piyoz chaynashga to‘g‘ri kelgan.

15 yoshli Nastenka juda yosh ko‘rinishini oldini olishuchun unga pardoz berilgan: yorqin ko‘k "ten", qizil lab bo‘yog‘i. Kirpiklardagi qirovni esa ofis yelimidan yasashgan. Aktrisa har safar uni ko‘zidan yosh oqibtozalagan.

Yalmog‘iz kampir rolini erkak kishi - Georgiy Milyar o‘ynagan va u o‘sha davr kinematografiyasining "yalmog‘iz kampiri" hisoblangan. Aslida, Georgiy Milyar bo‘lmaganida, film hech qachon ekranga chiqmasdi.

Plyonkalar saqlanadigan yerto‘lani suv bosganda undan boshqa hech kim bo‘lmagan: qattiq sovuqqa qaramay, u yerto‘laga tushgan va tizza bo‘yi suvda plyonka solingan qutilarni olib chiqqib qish ertagi - "Ayozbobo"ni saqlab qolgan.

Qor o‘rniga - pinoplast", hammom o‘rnida - sovuq pavilon

Qariyb yarim asr davomida Yangi yil kechasi namoyish etiladigan va yuzlab odamlar yuragidan o‘rin olgan Eldar Ryazanov va Emil Braginskiyning "Qushdek yengil bo‘lingyoxud taqdir hazili" filmi hozir ham o‘z qadriniyo‘qotmagan va hali-hanuz Yangi yil zavqiga to‘ldirib, tomoshabinlarni chorlashda davom etmoqda.

Samolyotda mast Lukashin boshini qo‘ygan asabiy yo‘lovchi Rejissyor Ryazanovning o‘zi bo‘lgan.

Jenya va uning do‘stlari go‘yoki "yog‘day" erib o‘tirganhammom aslida "Mosfilm"dagi sovuq pavilon. Sovuqdanaktyorlar "qittak-qittak" otishgan va "hammom" sahnasidahaqiqatan sarhush bo‘lishgan. Buni sezgan Ryazanov ishni to‘xtatmoqchi bo‘ladi, ammo o‘rtoqlar qanchalik haqiqiy o‘ynayotganini ko‘rib suratga olishni davom ettiradi.

Filmda jozibali qo‘shiqlarni Nadyaning o‘rniga Alla Pugachyova ijro etgan

Filmda rejissyor prinsiplariga hiyonat qilmagan holda improvizatsiyaga yo‘l beradi. Shunday qilib vannadagi dublda Ippalit rolini o‘ynagan Yuriy Yakovlev aslida sovuq dush ostida edi, ammo kutilmaganda iliq suvkeladi va aktyor "ana, ilig‘i keldi" iborasini ssenariydan og‘ishib aytadi.

Film suratga olinayotgan 1975 yilda qor kam yoqqanedi. Ayniqsa, Leningradda qor umuman bo‘lmagan. Dekoratorlar rosa "terlashi"ga to‘g‘ri keladi. Tomoshabin ekranda qorni ko‘rishi uchun maydalangan qog‘oz, penoplast ishga tushadi, bino tomlarida esa paxta to‘shaladi. Odamlar esa aptekalarda nega paxta kamyob bo‘lganiga hayron.

"Yuqori"dagilarning "o‘tkir chig‘irig‘i"dan o‘tgan film yarim yil o‘tib, 1976 yil 1 yanvarda teleekranlarga chiqqan. Film tugashidan atigi bir necha daqiqa o‘tar-o‘tmas Ryazanovga telegramma, qo‘ng‘iroqlar yopirilgan.

Gulnora Xoldorova tayyorladi.