Kursilar "uchadi", Qorbobo xo‘tikchada keladi, bochka yoqiladi yoxud dunyo mamlakatlari Yangi yilni qanday kutishi haqida

Har bir mamlakat, har bir xalqning milliy an’analari bilan bog‘liq bayramlari bor. Ular kim uchundir g‘ayrioddiy tuyulsa, kim uchundir kulgili ko‘rinadi.
 
Santa Klaus xo‘tikchada keladi

Nemislar Santa Klaus eshakka minadi, deb hisoblashadi. Shuning uchun bolalar uni kutayotib, poyabzaliga pichan solib olishadi.
 
Dazmol va eski stullar derazadan uloqtiriladi

Italiyaning Qorbobosi - Babbo Natale. Italiyada Yangi yil barcha eski narsalardan ozod bo‘lishi kerak va odamlar buni ishtiyoq bilan bajarishadi: eski dazmol, stul va boshqa taqir-tuqur derazadan "uchadi", o‘rnini yangilari egallaydi. Yangi yil dasturxonida albatta, uzoq umr, salomatlik va farovonlik ramzi - yong‘oq, yasmiq va uzum bo‘ladi.
 
Qizil kiyim - muhabbat, sarig‘i - pul

Ekvadorda muhabbat bobida baxt istagan - qizil kiyim, pul qorday yog‘ilishini xohlasa, soat 12:00 da bong urilishi bilanoq sariq rangli kiyim kiyish kerak. Ko‘ngilsizlikdan xalos bo‘lishning yana bir yo‘li - suvga to‘la shisha idishni uloqtirib sindirish.
 
Yorug‘lik bayrami

Birinchilardan archa uchun shisha bezaklarini taqdim etgan Shvetsiya Yangi yil kuni uy va ko‘cha chiroqlarini yoqib qo‘yishadi. Bolalar yorug‘lik malikasi Lusiyani kutishadi.
 
Muzlatkichlar "uchadi"

Janubiy Afrikada ham Yangi yil bayramida derazalar ostida yurmagan yaxshi. Politsiya mahallalarni yo‘l harakati uchun yopadi – derazadan muzlatkichlar uloqtiriladi.
 
"Otkritka"lar yurti

Angliyada Yangi yil kuni bolalar uchun ertaklar asosidagi spektakllarni sahnalashtirish odatga aylangan. Yangi yil arafasida ko‘chalar o‘yinchoq, hushtak, chiyilloq, niqob va sharlarga to‘ladi, "otkritka"lar almashinadi.
 
Qora loviya - omad

AQShda Yangi yil kirib kelishi bilan ko‘chalarda mashinalar signal beradi. Omad keltiruvchi an’anaviy qora loviya taom yeyishga kirishiladi.

Eski yil "yoqiladi"

Shotlandiyada Yangi yil bayrami "Xogmani" deb ataladi. Ko‘chalarda bayram Robert Byorns qo‘shig‘i bilan boshlanadi. Bochkalarga o‘t qo‘yilib, ko‘chalar bo‘ylab o‘tiladi, ya’ni eski yil "yoqilib", Yangi yil tantanali kutib olinadi. Mehmon, albatta, kaminga tashlash uchun o‘zi bilan bir parcha ko‘mir olib kelishi shart. Shu kuni eshiklar yopilmaydi.
 
Yangi yil zog‘orabaliq yelkasida keladi

Yangi yil, bahor bayrami, Tet - bu Vetnamning Yangi yil bayramlari nomi. Ramzi - gullagan shaftoli shoxlari har bir uyda bo‘ladi. Vetnamda Yangi yil oy taqvimiga ko‘ra, erta bahorda - 21 yanvardan 19 fevralgacha nishonlanadi.
 
Quyosh chiqishi - Yangi yil

Nepalda Yangi yil quyosh chiqishi bilan nishonlanadi. Kechasi, oy to‘lganida nepalliklar katta gulxan yoqadi va keraksiz narsalarni olovga tashlaydi. Ertasi kuni "Ranglar festivali" boshlanadi. Odamlar, atrof ranglarga bo‘yaladi.
  
Santa Klaus vatani

Qorli Finlandiyada asosiy qish bayrami - 25 dekabrda nishonlanadigan Rojdestvo. Rojdestvo oqshomida Laplandiyadan uzoq safarni bosib o‘tgan Santa bolalarga sovg‘a ulashishga oshiqadi.

Derazalardan suv quyiladi

Kubada Yangi yil bayrami "Shohlar kuni" deb nomlanadi. Sehrgar shohlar Baltazar, Gaspar va Melchor bolalarga sovg‘alar ulashadi. Kubaliklar uydagi barcha idishlarni suv bilan to‘ldirishadi, yarim tunda yilning suvday tiniq va serob kelishi uchun suvni derazadan sochishadi.

Shovqinli Yangi yil

Panamada yarim tunda kirib kelayotgan yilning "hovurini bosish" uchun qo‘ng‘iroqlar jiringlaydi, sirenalar chinqiradi, mashinalar signal beradi, odamlar baland ovozda qichqiradi.
 
Hushtak chalinadi

Vengriyada Yangi yilning "hal qiluvchi" ilk soniyasida hushtak chalishni afzal ko‘rishadi. Bunda yovuz ruhlar haydalib, quvonch va farovonlik chaqiriladi. Vengerlar Yangi yil taomining sehrli kuchiga ishonadi: loviya, nok - ruh va tana kuchi, olma - go‘zallik va muhabbat, yong‘oq - yomonlik himoyasi, sarimsoq - kasallik va asal - shirin hayot.
  
Eng yaxshi sovg‘a - xaskash

Yapon bolalari Yangi yilni yangi kiyimda kutib olishadi. Yangi yil arafasida ular yostig‘i ostiga yettita ertak sehrgari - baxtning yetti homiysi suzib yurgan yelkanli qayiq rasmini joylaydi. Dasturxondagi taom ham ramziy ma’noga ega: makaron - uzoq umr, guruch – farovonlik, zog‘ora baliq – kuch, loviya – salomatlik.

Yangi yilda boylik va omadni yig‘ish uchun xaskash sovg‘a qilishadi.

G.Xoldorova tayyorladi.