Navro‘z bayramida barcha o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladimi?

Yo‘q, hamma emas. Faqat 5 kunlik ish haftasidagilar ketma-ket 5 kun dam olishadi. Haftasiga 6 kun ishlaydiganlarga esa ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.

Izoh:

“2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga asosan 22-23 mart kunlari ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.

Shunga ko‘ra, Navro‘z bayrami munosabati bilan:

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun;
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 4 kun dam olishadi.

Bunda quyidagicha bo‘ladi:

19 mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
20 mart, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
21 mart, dushanba — Navro‘z bayrami, barchaga dam olish kuni;
22 mart, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
23 mart, chorshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.