"Amir Temur siymosi sahnada" Respublika teatrlari festivali g‘oliblariga pul mukofoti topshirildi

Samarqandda uch kun davom etgan festival davomida teatr jamoalari Amir Temur va temuriylar siymosini aks ettirdi.

Namoyish etilgan spektakllar quyidagi nominatsiya va tanlovlar bo‘yicha g‘olib deb topildi.

- Amir Temur obrazining eng yaxshi talqini nominatsiyasi bo‘yicha - Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining "Adolat fasli" spektaklidagi Amir Temur obrazi uchun Farhod Boltayev;

- Eng yaxshi ayol roli nominatsiyasi bo‘yicha - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining "Sohibqiron" spektaklidagi Bibixonim obrazi uchun Dastegul Kenjebayeva;

- Qo‘g‘irchoq teatrida tarixiy shaxs siymosi talqini nominatsiyasi bo‘yicha - "Temurbekning bolaligi" spektakli uchun Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri;

- Eng yaxshi grim ishi nominatsiyasi boyicha - Namangan viloyati musiqali drama teatrining "Amir Temur yoxud adolat qilichi" spektaklidagi grim ustasi Nigora Artukbekova;

- Eng yaxshi ssenografik yechim nominatsiyasi bo‘yicha - Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining "Adolat fasli" spektakli sahnalashtiruvchi rassomi Xayrulla Chorshanbiyev;

Eng yaxshi libos rassomi nominatsiyasi boyicha - Qo‘qon shahar musiqali drama teatrining "Armonsiz o‘tgan umr" spektakli libos rassomi Qahramon Mamaziyayev;

Eng yaxshi epizodik rol nominatsiyasi bo‘yicha - Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining "Oqsaroy" spektaklidagi Muhammad Mirak obrazi uchun G‘ayrat Husainov;

- Eng yashi epizodik rol nominatsiyasi bo‘yicha - Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining "Sohibqiron" spektaklidagi Darvesh obrazi uchun Habibulla Abdullayev taqdirlandi.

Hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra, Amir Temur va temuriylar davri liboslari ko‘rgazmasida ishtirok etgan Buxoro viloyati musiqali drama teatri tomonidan tayyorlangan liboslar 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri ikkinchi, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri uchinchi o‘rinni egalladi.

Madaniyat vazirligi tomonidan g‘oliblarga 20 million so‘mdan, ikkinchi o‘ringa 15 million so‘m, uchunchi o‘ringa 10 million so‘m pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.