Urgutda 16 ming AQSh dollari evaziga Isroilga yubormoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida ushbu tumanda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda fuqaro R.B. 16 ming AQSh dollari evaziga fuqaro R.M.ni Isroil davlatiga ishlash uchun yuborishini aytib, kelishilgan puldan 2 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 hamda 168-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.