“Besh tashabbus paralimpiadasi”da Samarqand jamoasi 2-o‘rinni egalladi
Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, joriy yilgi mavsumda mamlakatimiz bo‘ylab 105 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan yoshlar ishtirok etdi. Katta shijoat va iroda maydoniga aylangan respublika bosqichida esa 364 nafar eng kuchli sportchilar bellashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent viloyati 1-o‘rin, Samarqand va Xorazm viloyati jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi. G‘olib va sovrindor bo‘lgan 78 nafar sportchiga medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, chempionlar istiqomat qiladigan mahallalarda endi zamonaviy universal sport maydonchalari barpo etiladi.