Bugun millatimizning cho‘ng shoiri Azim Suyun tug‘ilgan kun
Azim Suyun 1948 yil Samarqand viloyati Nakurt qishlog‘ida tug‘ilgan.
Azim Suyunning ilk she’riy mashqlari, maqolalari o‘quvchilik kezlaridayoq “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallarida, tuman, viloyat gazetalarida yoritildi.
Birinchi kitobi – “Mening osmonim”. Shundan so‘ng shoirning “Zarb”, “Zamin taqdiri”, “Xayolot”, “Ziyo yo‘li”, “Javzo”, “Olis tonglar”, “Kuyganim-suyganim”, “Sarbadorlar”, “Qora ko‘zing sening”, “Saylanma”, “O‘zlik”, “Sharq hikmati”, “Ey do‘st” (she’riy qayirmalar), “Vatan fasllari”, “Muhabbat hayratlari”, “Andiz o‘sgan yerlarda”, “Ey do‘st” (nasriy qayirmalar), “Navoiydan topdim”, “Men – yerlikman” (she’rlar va doston) nomli kitoblari nashr etildi.
Shuningdek, shoirning 7 jildlik “Tanlangan asarlar”i G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilmoqda. Ularning 1-jildi “Ey do‘st” 2009 yil, 2-jildi “O‘zbekyurt” 2015 yil, 3-jildi “Men sizni sevaman” 2016 yil, 4-jildi “Tug‘dona” 2020 yilda kitobxonlar qo‘liga yetib bordi.
Azim Suyun “Qayirma” janriga asos soldi. Uning she’riy va nasriy qayirmalardan iborat “Ey do‘st” kitobi ma’lum va mashhur bo‘lib, bir necha bor chop etilgan esa, mustaqillik mavzusidagi yetuk asarlardan biridir.
Shoir 1991 yili “O‘zbekiston” dostoni va bir turkum she’rlari uchun Abdulhamid Cho‘lpon nomidagi birinchi xalqaro mukofotga sazovor bo‘lgan. 1996 yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan mukofotlangan.
Azim Suyun 2020 yilning 9 mart kuni vafot etgan.