Daraxtlar ildizi orqali muloqot qiladi
Ilm-fan yangi kashfiyotlarni ochishda davom etyapti. Qanchalik ko‘p o‘rganilgani sari haqiqatlar shunchalik g‘alati ekanligiga guvoh bo‘lasiz.
Olimlar kamdan-kam hollarda hayratlanarli dalillarni jamoatchilikka oshkor qiladi, deb xabar bermoqda “Belnovosti”. Ammo ma’lum qilingan haqiqatlar kishini o‘ylantirib qo‘yadi.
E’tibor qiling:
* Inson miyasi minimal quvvat bilan ishlaydi. U kuniga bitta yoritkich (lampa)ga qaraganda kamroq energiya sarflaydi.
* Ko‘zimizga ko‘rinadigan spektrning faqat kichik bir qisminigina ko‘ra olamiz. Aksariyat ranglar ko‘zdan yashirinadi.
* Hujayralarga qaraganda inson organizmida ko‘proq bakteriyalar mavjud. Ularsiz odam omon qolmaydi.
* Vaqt tezlik va tortishish kuchiga qarab turlicha o‘tadi. Buni bizga fizika tasdiqlaydi.
* Daraxtlar ildiz tizimi orqali bir-biri bilan muloqot qiladi. Ular qarindoshiga zararkunandalar haqida signallarni uzatadi va ozuqa moddalari bilan almashinadi.
* Koinot kutilganidan tezroq kengayib bormoqda. Olimlar buning aniq sababini bilib olishga kirishgan.
* Inson hidni burni bilan emas, miyasi bilan sezadi. Burun esa faqat signallarni uzatadi.
* Tushlar miyaga ma’lumotni saralashga yordam beradi. Tushlarsiz inson xotirasi yomon ishlagan bo‘lardi.
* Ilm-fanga suvning faqat 17 shakli ma’lum.
Oldinda bizni ko‘plab boshqa hayratlanarli yangiliklar kutyapti. Lekin ularning barchasida bitta umumiy narsa bor: dunyo bizga tuyulganidan ham murakkabroq. Ilm-fan bu haqiqatlarni vaqti-vaqti bilan ochib boradi.
Olimlar koinot haqida faqat bir foizdan kam ma’lumotga ega ekanliklarini tan oladi. Qolganlari hozircha sirligicha qolmoqda.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.