Qiziqarli geografik faktlar

Yerni o‘rganish juda qiziqarli, afsuski, maktab o‘quv dasturi uning jismoniy va siyosiy tuzilishi haqidagi barcha ma’lumotlarni qamrab olmaydi. Ushbu to‘plamda Yer mavzusidagi qiziqarli geografik faktlar jamlangan.

Eng sovuq poytaxt qayerda joylashgan?

Odatda bu savolga Yer qutblariga yaqinroq joylarda bo‘lsa kerak, degan javob beriladi. Va odatdaxayolga Skandinaviyadagi Oslo va Reykyavik shaharlari keladi. Meteorologlar dunyodagi eng sovuq poytaxt Ulan-Bator shahri, degan fikrni bayon qilishadi. Mo‘g‘uliston poytaxtida 1 daraja yillik o‘rtacha harorat, sovuq havo saqlanib turiladi, ayniqsa qishi juda qattiq, -40 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Bir qadam qo‘yib kelajakka sayohat qiling

Yer yuzida bir zumda 3,5 soat oldinga, ya’ni kelajakka sayohat qilishingiz mumkin bo‘lgan joy bor. U Afg‘onistonning sharqiy chegarasida joylashgan. Gap shundaki, mamlakatning kichik bir qismi Afg‘oniston vaqtidan 3,5 soat oldinda yuradigan qo‘shni Xitoy ichkarisiga yorib kirgan. Bu dunyodagi bir qadam qo‘yib, “keyinroq”da bo‘lib qolish mumkin bo‘lgan yagona joy.

Dunyodagi baland tog‘da joylashgan poytaxt

Boliviya poytaxti La-Pas shahri dengiz sathidan 3600 metr balandlikdagi million yillar oldin so‘ngan vulqon kraterida joylashgan. Bu dunyodagi baland tog‘da turgan yagona poytaxt bo‘lib, uning hududida rekord darajadagi ko‘p sport inshootlari, jumladan, stadion va golf maydonchalari bor.

Kennedi cho‘qqisi

1965 yilgacha Shimoliy Amerikaning eng baland nuqtasi bo‘lgan ushbu cho‘qqini hech kim zabt etmagan. O‘sha yili AQSh prezidentining ukasi Robert Kennedi birinchi bo‘lib bu toqqa ko‘tarilishni amalga oshirdi. 4238 metr balandlikdagi cho‘qqida u o‘ldirilgan akasi Jon Kennedining inauguratsiyada qilgan nutqi matniuning medaloni va galstuk qisqichlarini tiqishtirib qo‘ydi.

Eng uzun yo‘l

Bir qancha mamlakatlarning milliy yo‘l tarmoqlarini bog‘lovchi dunyodagi eng uzun panamerikan avtomagistrali ikki Amerika qit’asi bo‘ylab cho‘zilgan, bu yo‘l taxminan 30 ming kilometrni tashkil etadi.

To‘g‘risi, bu tizimda Panama kanalining janubidagi o‘rmon bo‘lagi - 87 kilometrlik Dariyen kichik bo‘shlig‘i mavjud bo‘lib, u ulkan marshrutni tarqatib yuboradi.

Ekologlar va mahalliy hindularning noroziliklari, shuningdek, Kolumbiya hukumatining giyohvand moddalar savdosi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishni istamasligi sababli ushbu uchastka bo‘ylab yo‘l qurish hozircha imkonsiz bo‘lib qolmoqda.

Lixtenshteyn va O‘zbekistonning umumiy o‘xshashliklari

Yevropadagi Lixtenshteyn va O‘rta Osiyodagi O‘zbekiston kabi turli mamlakatlar o‘rtasida qanday umumiylik bo‘lishi mumkin? Ma’lum bo‘lishicha, ikki davlatning ham hech bir qo‘shnisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri okeanga kirish imkoniga ega emas ekan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.