Oqdaryo tumaniga hokim tayinlandi
Bugun xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Unda viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, Oqdaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, aholi turmush darajasini yaxshilash, bandligini ta’minlashda foydalanilmay kelinayotgan imkoniyatlar, mas’ul rahbarlarning hamjihatlikda ishni tashkil qilmaganligi xususida to‘xtaldi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Sherzod Qudratov o‘z arizasiga ko‘ra, tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.
Viloyat rahbari Mahmudov Temur Asomidinovichni Oqdaryo tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan ma’qullandi.
T.Mahmudov tayinlovga qadar Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.