Tabiat rekordchilari: Yer yuzidagi ulkan jonzotlar

Ta’sirchan o‘lchamlar haqida gap ketadigan bo‘lsahaqiqatan ham hayvonlar olamida gigantlar bor. Biroq Yerdagi eng katta hayvon nomini berish uchun biz dastlab qaysi turdagi (dengiz, quruqlikdagi yoki uchar) jonzotlar haqida gapirayotganimizni aniqlab olishimiz kerak.

Dunyodagi eng katta jonzot - ko‘k kit

Voyaga yetgan Balaenoptera musculus ko‘k kitining uzunligi 22,8 metrdan 30,5 metrgacha, vazni esa 150 tonnagacha yetadi. Eng katta kit, eng yirik zamonaviy jonzot va ehtimol, Yer yuzida yashagan hayvonlarning eng og‘iri hamdir.

Quruqlikdagi eng katta hayvon - Afrika fili

Afrika Loxodonta africana fili quruqlikdagi eng katta hayvon bo‘lishi bilan birga quruqlikdagi eng katta sut emizuvchi ham hisoblanadi. Yelkasidan o‘lchangan katta yoshli filning bo‘yi o‘rtacha 3-3,4 metrgacha yetadi. Bunday fillarning 11,5 tonnagacha bo‘lgan maksimal vazni qayd etilgan.

Quruqlikdagi eng yirik yirtqichlar

Ursus maritimusoq ayig‘i hozirda quruqlikda yashaydigan sut emizuvchi yirtqichlar orasida eng kattasi hisoblanadi. Bo‘yi yetgan erkak oq ayiqlarining vazni 800 kilogrammgacha bo‘lishi mumkin.

Eng baland hayvon - jirafa

Quruqlikdagi eng baland hayvon Giraffa camelopardalis jirafalari erkaklarining bo‘yi 4,3 metrdan 5,7 metrgacha o‘sadi.

Eng yirik sudralib yuruvchi – dengiz timsohi

Eng katta sudralib yuruvchi «Crocodylus porosus» dengiz timsohi Janubi-Sharqiy Osiyoda, Hindistonning sharqiy qirg‘og‘ida, Shimoliy Avstraliyada va Mikroneziya orollarida yashaydi. Voyaga yetgan bu yirtqichlarning uzunligi 6 metrgacha, vazni esa 1500 kilogrammgacha yetadi.

Eng yirik qush - tuyaqush

Struthio camelustuyaqushi erkaklarining bo‘yi 2,7 metrga, vazni esa 145 kilogrammgacha yetishi mumkin.

Eng yirik baliq – kit akulasi

Rhincodon typus kit akulasi sayyoradagi eng katta baliqdir. Ushbu gigantlarning o‘rtacha uzunligi taxminan 12,2 metrni tashkil qiladi, qayd etilgan eng katta namunasining uzunligi 18,8 metrga yetgan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.