Jomboy tumanini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar tasdiqlandi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi Jomboy tumanini rivojlantirish bo‘yicha 2026 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan tuman hokimi X.Nazarovning taqdimotini ko‘rib chiqib, 2026 yilda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasini tasdiqladi.
Dasturga ko‘ra, bu yil tumanda sanoat sohasida umumiy qiymati 82,4 million AQSh dollarilik 21 ta yangi loyihani amalga oshiriladi. Investitsiya dasturlari doirasida umumiy qiymati 1094,3 mlrd. so‘mlik 41 ta loyiha amalga oshiriladi va 731 ta yangi ish yaratiladi.
8,8 ming gektar maydonda 72,2 ming tonna don, 6,6 ming gektar yerda kartoshka, 4,0 ming gektarda sabzavot, 4 ming gektarda meva yetishtirish rejalashtirilgan.
Kambag‘allik darajasi 3 foizga tushiriladi. 1213 ta oila (5300 nafar a’zo) kambag‘allikdan chiqariladi.
Tuman hududida 455 xonadonli 14 ta ko‘p kvartirali uy-joylarni barpo etiladi.