2030 yilgacha texnologiyalar har bir harakatda odamga hamrohlik qiladi

Texnologik dunyo shu qadar tez o‘zgarib bormoqdaki, ko‘pchilik kechagi xayoliy rejalar kundalik hayotning bir qismiga aylanib qolganini sezmayapti ham. Mutaxassislar kelgusi yillar kutilganidan katta o‘zgarishlar bo‘lishini aytmoqda.

Qaysi sohalar muhim yo‘nalishga aylanishi allaqachon ma’lum. Aynan shu sohalar yangi turmush tarzini, ish va muloqotni shakllantiradi. Jadal rivojlanib borishi ortidan sun’iy intellekt birinchi bo‘lib ko‘zga tashlanmoqda. U vositachi bo‘lishni to‘xtatadi va jarayonlarning to‘laqonli ishtirokchisiga aylanadi.

Kompaniyalar sun’iy intellektni tibbiyot, ta’lim, logistika va energetika sohalarida joriy qilmoqda. Bu nafaqat ish tezligini, balki qaror qabul qilish yondashuvini ham o‘zgartiradi.

Ikkinchisi, avtonom tizimlar. Yanada ishonchli va aniq harakat qilayotgan robotlar va dronlar allaqachon qishloq xo‘jaligi, qurilish va qutqaruv ishlarida yordam bermoqda. 2030 yilga borib ularning roli yanada oshadi.

Uchinchi yo‘nalish - xususiy tibbiyot. Genetik tadqiqotlar va katta ma’lumotlar tahlili bemorlarga aniq tashxis qo‘yish va to‘g‘ri davolanish imkonini yaratadi. Bu esa xavflarni kamaytirib, davolash samaradorligini oshiradi. Bemorlar o‘z sog‘lig‘ini ko‘proq nazorat qila oladi.

To‘rtinchisi, “aqlli” shaharlarning rivojlanishi. Infratuzilma tobora raqamlashib, aholi ehtiyojlarini qondirib boradi. Transport, energetika va xavfsizlikni boshqarish tizimlari real vaqtda ishlaydi. Bu megapolislarni yanada qulay va ekologik toza qiladi.

Beshinchidan, dunyo bo‘ylab yoqilg‘iga qaramlikni kamaytirish yo‘llari qidirilmoqda. Quyosh panellari, vodorod texnologiyalar va akkumulyatorlarning rivojlanishi yangi imkoniyatlarni ochadi. Bu albatta, iqtisodiyot va siyosatga ta’sir qilmay qolmaydi.

Kompaniyalar raqamli ofislarni, foydalanuvchilar esa shaxsiy dunyolarini yaratadi. Bu masofaviy ish haqidagi tushunchalarni o‘zgartiradi.

2030 yilga kelib jismoniy va raqamli dunyo o‘rtasidagi chegaralar yanada “yupqalashadi”, deb ta’kidlamoqda mutaxassislar. Texnologiyalar har bir harakatda odamlarga hamrohlik qiladi.

Imkoniyatlar bilan birga yangi muammolarning paydo bo‘lishi xavfi ham mavjud. Vaqti-vaqti bilan xavfsizlik, maxfiylik va axloq masalalari nazorat qilinishi lozim.

Texnologik taraqqiyotni to‘xtatib bo‘lmaydi. Lekin uni boshqarish mumkin. Aniqrog‘i, bugun qabul qilingan qarorlar ertangi kunimizni belgilab beradi.