Yangi yerosti yo‘li va ziyoratgohdagi obodonlashtirishlar to‘liq nazoratda
Viloyat hokimining o‘rinbosari Navro‘zjon Rahmonov tegishli tashkilotlar rahbarlari va mutasaddilar ishtirokida hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish, bunyodkorlik hamda obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, jarayonlarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.
Dastlab, Oqdaryo tumanidagi Mahdumi A’zam ziyoratgohida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va kompleks obodonlashtirish ishlari o‘rganildi. Ziyoratchilar uchun qulay va munosib sharoitlar yaratish, infratuzilmani zamonaviy talablarga moslashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Ziyoratgohga tutash hududda M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 11-kilometrida barpo yetilayotgan yerosti piyodalar yo‘lagi qurilishi bilan tanishildi. Mazkur inshoot ziyoratchilar va mahalliy aholi xavfsizligini ta’minlash, harakatlanish qulayligini oshirishga xizmat qiladi.
Shundan so‘ng Payariq tumanida Imom Buxoriy majmuasining atrofini obodonlashtirish ishlari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosarlari N.Rahmonov va R.Qobilov, viloyat IIB rahbariyati vakillari hamda tegishli korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok yetdilar.
Yig‘ilishda yo‘l bo‘yi infratuzilmasini yaxshilash, ziyoratchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, turizm sohasida tartib va xavfsizlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, majmuada olib borilayotgan so‘nggi pardozlash va bezak ishlari, bunyod yetilayotgan ob’yektlar hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari holati ko‘rib chiqildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan zamonaviy me’moriy yechimlar asosida, buyuk muhaddis olim Imom Buxoriyning ulug‘ maqomiga munosib tarzda qayta barpo yetilayotgan ushbu majmua nafaqat mamlakatimiz, balki butun islom olami uchun muhim ziyorat maskaniga aylanmoqda. Shu bois ziyoratchilar uchun qulayliklar yaratish, mavjud infratuzilmani zamon talablari asosida takomillashtirish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Yig‘ilish yakunida barcha yo‘nalishlardagi ishlar sifat va muddat jihatidan qat’iy nazoratda bo‘lishi, har bir mas’ul o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishi zarurligi ta’kidlandi. Hududlar qiyofasini yanada obod va ko‘rkam yetish borasidagi ishlar izchil davom yettiriladi.
Viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik boshqarmasi axborot xizmati.