Eng katta soliq qarziga ega qurilish kompaniyalari e’lon qilindi
- 19.11.2025 11:58
- 1
- Iqtisodiyot
Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabr holatida soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan qurilish korxonalari soni 1200 dan oshgan.
Umumiy qarzdorlik — 1,2 trln so‘mdan ortiq. Shuning 311,2 mlrd so‘mi (23,9 foizi) faqat 10 ta kompaniya hisobiga to‘g‘ri keladi:
- “Moxir-Quruvchi” MChJ – 65,3 mlrd so‘m;
- “Avtosanoat-Injiniring” MChJ – 63,9 mlrd so‘m;
- “Aziya Invest Favorit” MChJ – 63,9 mlrd so‘m;
- “Ta’mirlash Qurish Servis” MChJ – 50,3 mlrd so‘m;
- “Fayz Design” MChJ – 18,5 mlrd so‘m;
- “DSK Binokor” MChJ – 13,7 mlrd so‘m;
- Bright Industry Buildings the Future MChJ – 11,6 mlrd so‘m;
- “Zarafshon Buildings” MChJ – 8,4 mlrd so‘m;
- “Dilum Nur Story” MChJ – 8 mlrd so‘m;
- “Ulug‘bek Osiyo Qurilish” MChJ – 7,6 mlrd so‘m.
Hududlar kesimida eng katta qarzdorlik:
- Toshkent shahri — 391 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati — 322,7 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati — 147,9 mlrd so‘m.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Arzonga sotmang!
- Kecha, 19:53
- Mutolaa