Samarqandda qarzdorning 4,6 milliard so‘mlik mulki savdoga chiqarildi

"Biznesni rivojlantirish" banki tomonidan Samarqand shahridagi “A.S.” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kredit ajratilgan. Biroq korxona kredit shartlarini bajarmaganligi sababli 4 milliard 650 million so‘m miqdorida muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2025 yil 15 iyundagi qaroriga ko‘ra, qarzdorlikni undirish uchun garovga qo‘yilgan korxona binosiga yo‘naltirilgan. Shunga qaramasdan, korxona rahbariyati tegishli choralarni ko‘rmagan.
Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi inspektorlari korxona rahbariyatini bir necha bor ogohlantirib, mol-mulkka taqiq qo‘ygan. Ammo qarzni to‘lash paysalga solinavergan. Qarz to‘lanmaganligi sababli garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk – korxona binosi 4 milliard 650 million so‘mga baholanib, onlayn auksionda sotishga chiqarildi.

Sardor Shakarov,
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi inspektori.