“Sarflasammi, sarflamasammi?”: Dunyo davlatlaridagi eng chiroyli pullar haqida
Dunyoda 160 dan ortiq milliy valyuta mavjud, ammo ularning faqat bir nechtasi o‘zining yorqin dizayni bilan mashhur.
Shveysariya, Yangi Zelandiya, Filippin va boshqa bir qancha davlatlar o‘z banknotlarini haqiqiy “vizit kartalari”ga aylantirishga ulgurgan. Dizaynlarda qahramonlar va urf-odatlar tasvirlangan, zamonaviy bosma texnologiyalari esa bu pullarni qalbakilashtirishdan himoya qiladi.
Ushbu to‘plamda dunyodagi eng yaxshi deb tan olingan chiroyli banknotlarga ega mamlakatlarkeltirilgan.
Shveysariya
Shveysariya franki dunyodagi eng chiroylivalyutalardan biri hisoblanadi. Bu pullarvertikal format va tematik dizaynga ega bo‘lib, vaqt, yorug‘lik va rangni, shamol va tabiaterkinligi va ishonch kabi o‘ziga xos tushunchalarini ifodalab beradi.
Har bir banknotda keng qamrovli shaffofoynalar, mikromatnlar, suv qog‘ozdagi belgi,yorug‘likka ta’sir qiluvchi optik effektlar vabukilganda harakatlanuvchi tasvirlar kabixavfsizlik elementlar bor.
Bermud orollari
Pullari rangorang va ko‘zni qamashtiradi. Lekin pushti va binafsha rangga bo‘yalgan byesh dollarlik pul birligida Bermuddagi mashhur okean qudrati va baliq-sport ovi ramzi ko‘k marlin balig‘i tasvirlangan. Orqa tomonida dunyodagi eng kichik ko‘prik sifatida tanilgan Somerset ko‘prigi joylashgan. U 2024 yilning "Yil banknoti" deb topilgan.
Trinidad va Tobago
Mamlakat markaziy bankining 50 yilligiga bag‘ishlab chiqarilgan old yuzida katta gibiskus guli, qizil boshli kardinal qushi va davlat gerbi tasvirlangan polimerli 50 dollarlik kupyura 2014 yilda dunyodagi eng go‘zal banknot deb topildi. Palma bargiga o‘xshatib stilizatsiyalangan qush patlari yorug‘lik burchagiga qarab yashil rangdan ko‘k rangga tovlanadi vamahalliy koloritni aks ettiradi.
2022 yilgi nashr polimer shaklda taqdim etilganbo‘lib, chidamlilik va yuqori darajadagixavfsizlikni ta’minlaganligi bilan ajralibturadi. 1000 peso pul birligi xalqaro e’tirofgasazovor bo‘ldi va 2022 yilda xalqaro qog‘oz pullarjamiyati - IBNS mukofoti bilan taqdirlandi.
Yangi Zelandiya
Old tomonida Everest tog‘ini zabt etgan birinchishaxs, janob Edmund Xillari tasvirlangan 5 dollarlik polimer banknot 2015 yilda 20 ta davlat ishtirok etgan tanlovda "Yil banknoti" debtopilgan. Ushbu kupyuraning o‘ng tomonida Yangi Zelandiya tabiiy merosining ramzlaridan biripingvin qushi tasvirlangan.
Fiji
Mamlakat milliy terma jamoasining 2017yildagi Rio-de-Janeyro Olimpiadasida regbi yettiligi musobaqasidagi g‘alabasidan so‘ngmuomalaga chiqarilgan 7 dollarlik esdalik pul belgilari alohida o‘rin egallaydi. Ikkinchi nashr2022 yilda Tokio Olimpiadasidagi oltin medalsharafiga chiqarildi. Ushbu banknotlar faqatto‘lov vositasi bo‘libgina qolmay, balki mamlakatning sport ramziga ham aylanishga ulgurdi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.