2025 yilning eng yaxshi yovvoyi tabiat fotosuratlari
O‘tzordagi oq ayiq, qarindoshlaridan ajralib turgan toshbaqa, sovuq qishda uya qurgan laylaklar...
Associated Pressning ushbu noyob fotosuratlar jamlanmasi hayotning ham mo‘rt, ham uzluksiz zanjir ekanligini ta’kidlaydi.

Agentlik siyosatchilar, taniqli shaxslar, dolzarb voqealar va yangiliklardan tashqari, o‘z media kutubxonasini muntazam ravishda hayvonlar,qushlar va tabiatning ulug‘vorligini aks ettiradigan fotosuratlar bilan boyitib turadi.
2025 yil ham bundan mustasno bo‘lmadi. QuyidaAssociated Press fotomuxbirlari ob’yektiviga kutilmaganda tushgan hayvonlar va qushlarning tasvirlari keltirilgan.
Fotosuratlardan birida Rossiyaning Chukotkadengizi Kolyuchin orolidagi tashlandiq tadqiqot stansiyasi yaqinidagi yolg‘iz oq ayiq tasvirlangan.Qutb yirtqichi o‘zi bilmagan holda o‘zini qorli muz qatlamlarida emas, balki o‘tloqli maydonda topdi.

Yana bir kadrda Germaniyaning Dolmen shahri yaqinidagi dalada deyarli inson aralashuvisiz yashaydigan podadagi onasi tarbiyalayotgan yovvoyi toy yaqindan suratga olingan.

Guldan nektar so‘rayotgan kolibri

Frankfurt yaqinidagi Vergeym fermasida yangi tug‘ilgan qoraqush jo‘ja onasi patlari orasidan boshini chiqarib dunyo bilan tanishyapti. Germaniya, 14 iyul, 2025 yil.
Londondagi Uimbldon tennis va kroket musobaqalarini yoritishga kelgan muxbirlarning kamera ob’yektivi bamaylixotir ko‘k kalendula gulidan gulchanglarni yig‘ib olayotgan asalarini tushirishga muvaffaq bo‘ldi.
Qiziq, London parki bo‘ylab kuzgi barglar orasidan yugurib borayotgan kulrang olmaxon qayerga shoshilyapti ekan?
Isroilning Hula vodiysidagi tongda ko‘chib ketishga hozirlanayotgan turnalar.

Braziliya Amazonkasidagi Abufari biologik qo‘riqxonasidagi yangi tug‘ilgan albinos toshbaqa nega boshqa qarindosh-urug‘laridan ajralib turishi haqida fikr yurityapti chog‘i.

Qarang-a, fotosuratchi Hindistondagi Kaziranga milliy bog‘idagi daraxt ustida dam olayotgan iguanani topib olib, suratga tushiribdi.

Germaniyaning Frankfurt shahri yaqinidagi Vergeym shahrida 7 daraja sovuqdan omon qolgan laylaklar quyoshni intiqlik bilan kutyapti.

Kolumbiyadagi Bogota botanika bog‘ida ko‘rgazmaga qo‘yilgan hasharotxo‘r o‘simlik o‘ljasini tutishga shaylanmoqda...

Rossiyaning Sharqiy Bosforidagi ikki oq dumli suv burgutlari ov qilishda yetakchilik uchun bahslashyapti.

***
Fotosuratlar kundalik hayot va o‘limning cheksiz almashinuvidagi go‘zalliklarning ko‘zga ko‘rinmas olamini ochib beradi: Barcha qiyinchiliklarga qaramay, rasmlar tabiatdagi hayot o‘z oqimida davom etaverishi haqida gapirsa ajabmas...
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.