Yalilar Yangi Gvineya tog‘larining sirli aholisi
Dunyoda hali ham zamon ota-bobolar davridan qolgan qabilalar yashab kelayotganiga ishonish qiyin. Ammo bu – haqiqat. Yangi Gvineya tog‘laridagi yalilar shulardan biri. Ular o‘z tilida “Yer hukmdori” degan ma’noni anglatadi.

Yalilar irq va dinga qarab insonlarni tan olishmaydi: oq va qora tanli, nasroniy, budda, islom va boshqa dinlardagi kishilar uchun barobar. O‘zlarini yerning haqiqiy egasi deb hisoblaydilar va kimdir ularga e’tiroz bildirayotgan bo‘lsa, bu qabilada o‘tmishdagi odamxo‘rlik an’analari hali ham saqlangan.
Yalilar katta qabila hisoblanadi. Oxirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, ularning aholisi taxminan 20 ming kishini tashkil etadi. Ularning asosiy maskanlari tog‘larda, 5 ming metr balandlikda joylashgan. Bu joyda issiqlik uchun maxsus liboslardan foydalanish odat emas: ayollar an’anaviy o‘t-o‘landan tikilgan yubka kiysa, erkaklar bellariga qovoq po‘chog‘idan tayyorlangan “libos” bilan kiyinishadi.
Qabilaga davlat xizmatchilari yoki qiziquvchan sayyohlar tashrif buyurganda, ularni xavfsizlik uchun qo‘riqchilar kuzatadi. Yangi Gvineya hukumati yalilarni tog‘dan vodiyga ko‘chirib, qo‘riqxona tashkil qilishga urinishgan, ammo ko‘chirilgan oilalar turli kasalliklarga chalingani sababli ko‘pchiligi vafot etgan.
Yalilar haqiqatan ham tabiat va zamonning sirli dunyosida yashab kelayotgan ajoyib, hayajonli va sirli qavmdir. Ularning turmushi bizga inson va tabiatning cheksiz turfa olamini eslatadi.
Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.