“Uyda yolg‘iz” komediyasi suratga olingan uy 5 million dollarga sotildi
Mashhur bo‘lib ketgan bu uy 2024 yilning bahorida kimoshdi savdosiga qo‘yilgan va o‘tgan yilning Rojdestvo bayrami arafasida sotib yuborildi, deya xabar beradi Independent.

AQShning Illinoys shtati, Chikago shahri chekkasida joylashgan qasr bundan 100 yil muqaddam, 1921 yilda ingliz tarixiy uslubida qurilgan. Sarguzasht film suratga olinganidan beri saroyning tashqi ko‘rinishi deyarli o‘zgargani yo‘q, faqat ichki qismida sezilarli ta’mirlash ishlari olib borilgan, myehmonxona va ovqatlanish xonasining joylashuvi o‘zgarishsiz qoldi, faqat yerto‘lada endi sport zali, dam olish xonasi, bar va ushbu kinoni eslatuvchi dekorativ elementlarga ega uy kinoteatri joylashgan.


1990 yilda suratga olish ishlari tugatilib, tomoshabinga taqdim etilgan film chiqqanidan so‘ng Makkallisterlar uyi ikkinchi marta sotuvga qo‘yildi.
Salkam 850 kvadrat metrli qasr uchun 5,25 million dollar to‘lab bergan yangi uy egasining kimligi sirligicha qolmoqda. Xaridor afsonaviy filmning ashaddiy muxlisi ekanligi ma’lum, xolos.