Payshanba shaharchasi tuman bo‘ysunuvidagi shahar bo‘ladi
Bu davlatimiz rahbarining 2025 yil 27 dekabr kuni qabul qilingan “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tumani markazi hisoblangan Payshanba shaharchasi kengaytiriladi. M-37 xalqaro avtomagistralidan tuman markazigagacha bo‘lgan 8 kilometr yo‘l, 4 ta ko‘prik ta’mirlanadi. Tumanga kirish darozasi yangilanadi va yo‘l bo‘yi xizmat ko‘rsatish ob’yektlari tashkil etiladi.
Shaharchada 2 kilometro oqova suv tarmog‘i tortiladi, 16 kilometr salomatlik yo‘laklari yaratiladi.
Bundan tashqari, tumanda elektrotexnika klasteri tashkil etiladi va ushbu turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 12 ta korxonada kooperatsiya munosabatlari yo‘lga qo‘yiladi.
Burgansoy mahallasi hududida turizmni rivojlantirish uchun tadbirkorlik infratuzilmasi yaxshilanadi. Keyingi uch yil davomida bu yerda 10 million dollarlik turizm xizmatlari tashkil etiladi.