Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusiga direktor tayinlandi

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) shafeligida tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi direktori lavozimiga Narziqulov Dilshod Rustamovich tayinlandi. 

Mazkur tayinlov Akademiya faoliyatini samarali tashkil etish, turizm va xizmatlar sohasi uchun xalqaro standartlarga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shuningdek, UNWTO bilan hamkorlikdagi ta’lim dasturlarini izchil amalga oshirishga qaratilgan.

Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi turizm va xizmatlar sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha zamonaviy ta’lim platformasi hisoblanadi. Akademiya faoliyati doirasida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘quv dasturlari amalga oshiriladi. 

Akademiya UNWTO standartlari asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekistonning turizm ta’limi sohasidagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.