Eron hukumati norozilik namoyishlarini bostirishga 7 dollardan to‘lov qilishni taklif qildi
Hukumat matbuot kotibi Fotima Mohajeraniyning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu miqdordagi pul hukumat tomonidan «xonadonlarning xarid qobiliyatini saqlab qolish, inflyasiyani jilovlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash» uchun to‘lanishi kerak edi.
Bu masxaraga o‘xshaydi. Vaholanki, Eronda bir kishining eng kam oylik xarajatlari 200 dollardan oshadi, deyiladi «NEXTA Live»da.
Giperinflyasiya sharoitida 1 dollar taxminan 1,47 million rialga teng bo‘lgan paytda, 7 dollarlik “sadaqa” rejimning voqelikdan to‘liq uzilib qolganini tan olishga o‘xshaydi.

Eng muhimi, odamlar ko‘chalarga faqat iqtisodiy sabablar tufayli chiqmayapti. Ular repressiyalar, qiynoqlar, qatllar bilan bog‘liq barcha zo‘ravonlikka qarshi norozilik bildirishmoqda.
Mamlakatda 12 kundan buyon shu kungacha norozilik namoyishlari avj olmoqda.
2025 yil dekabr oxiridan 2026 yil yanvar boshigacha bo‘lgan davrda namoyishlar va xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlar vaqtida kamida 42–45 kishi halok bo‘lgan.