Bir mo‘’jiza, turli xil ismlar
Turli mamlakatlarda Qorbobo nima deb ataladi?
Dunyodagi har bir mamlakatning Yangi yil arafasida bolalarga quvonch baxsh etadigan o‘ziga xos sehrli qahramoni bor. Bu qahramonlarning nomlanishi, tashqi ko‘rinishi va afsonalari turlibo‘lsa-da, ularning barchasini faqat bitta bayram birlashtiradi. Keling, ular bilan tanishamiz!
Fransiya:Per Noel

Fransiyada Rojdestvo otasi sifatida tanilganPyer Noyel kelishi bilan bayram shukuhi boshlanib ketadi. Unga Shaland ismli savat ko‘tarib kelgan sirli qahramon hamrohlik qiladi. Uning vazifasi yaxshi bolalarga sovg‘a ulashish va qanchalik g‘alati tuyulmasin quloqsizlarini ximcha bilan “savalab qo‘yish”dan iborat.
Italiya: Babbo Natale
Italiyadagi Babbo Natale mo‘’jizalar kutayotgan bolalarga sovg‘alarni qoldirish uchun mo‘ridantushib keladigan bo‘lsa, o‘sha oqshom uning hamrohisaxiy pari Befana supurgida uchib keladi. U yaxshi bolalarga o‘yinchoq beradi, quloq solmaydiganlarining poyabzaliga ko‘mir qo‘yadi.
Germaniya: Santa Nikolaus va Vaynaxtsman

Germaniyada chinakam sehrli bayram 6 dekabrda Santa Nikolausning kelishi bilan boshlanib ketadi, u ham bolalarga sovg‘alar tarqatadi. Katolik elchiga o‘xshagan uning yordamchisi Ruprext unga yordam beradi. Qorboboni eslatuvchi, o‘ynoqi eshaklar qo‘shilgan chana bilan keladigan Vaynaxtsmanning paydo bo‘lishi bilan bayramyanada yorqinroq bo‘ladi.
Finlandiya: Youlupukki
Qorli Laplandiyada afsonaviy Youlupukki ("Rojdestvo echkisi" degan ma’noni anglatadi) yashaydi. Bir paytlar qo‘rqinchli hisoblangan eposendilikda mehribonlik ramziga aylandi. Youlupukki xotini Muori va o‘z yordamchilari bilan birgalikda har bir kishi bayram sehrini his qilishi uchun jon kuydiradi.

Mongoliya: Uvlin Uvgun
Mo‘g‘uliston Yangi yil va chorvadorlar kunini sehrli Uvlin Uvgun bilan nishonlaydi. UvlinUvg‘un chaqmoqtoshlarni silkita turib Qor ismli qiz va Yangi yil ismli yigit hamrohligida bolalarga sovg‘alar tarqatadi.
Xitoy: Shan Dan Laojen
Xitoy Yangi yili bizni o‘zgacha dunyoga olib boradi: bu yerda archa daraxtlari o‘rniga nurli daraxtlar bezatiladi. Sovg‘alarni bolalarga Shan Dan Laojenyoki Rojdestvo bobo olib keladi va ularni oldindan osib qo‘yilgan paypoqlarga joylashtiradi.

Belarus: Zyuzya
Belarusda Yangi yil bayrami qishki ayozlarni aks ettiruvchi mahalliy chol Zyuzya bilan birga keladi. Zyuzya nafasining atrofidagi barcha narsani muzlatib qo‘yishi bayramga yanada joziba qo‘shadi.
Tatariston: Qish Boboy

Tataristonlik sehrgar Qish Boboy bayramga g‘ayrioddiy jangchilar va Yalmog‘iz kampir hamrohligida keladi. Bunday qiziqarli to‘dabolalarning Yangi yil bayrami taassurotlarini oshiradi.

Ispaniya: Olensero
Basklar mamlakatidagi tog‘lardan tushib keladigan oddiy dehqon Olenseroning bayramga kelishi ramziy ma’noga ega.
Kuba: Uch donishmand

Kubada Qirollar kuni nishonlanadi va bir emas, uchta - Gaspar, Melxior va Baltazar sehrgarlari bayramga kelib, bolalarga quvonch va sovg‘alar olib kelishadi.
Gruziya: Tovlis Babua
Gruziyalik Qorbobo Tovlis Babuaning qiziqarli an’anaviy liboslari bor. Uning sovg‘alar bilan birga kelishi bayramlarni haqiqatan ham unutilmas qiladi.
***
Bu sehrli qahramonlar qaysi tilda gaplashmasin, ular doimo insoniyatning mo‘’jizalar va ijobiy o‘zgarishlarga ishonish istagini o‘zida mujassam etadi. Asosiysi, buni har kim o‘z qalbida his etsa,Yangi yil bayrami hamma uchun hamjihatlik, shodlik lahzalari bo‘lib qoladi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.