Xarita: Dunyoda choy ishlab chiqarish bo‘yicha kim yetakchi?

Ushbu xaritada dunyodagi eng ko‘p choy ishlab chiqaruvchi davlatlar ko‘rsatilgan.

“International Tea Committee” Xalqaro choy qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyoda taxminan 7,05 million tonna choy ishlab chiqarildi.  Mashhur ichimlikning dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilgan umumiy miqdorining yarmiga yaqini, ya’ni 3,74 million tonnasi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi.

Choy bozorida Xitoydan tashqari, Hindiston davlati ham ustunlik qiladi, bu mamlakatda 2024 yilda 1,28 million tonna choy ishlab chiqarilgan. Taxminan 0,6 million tonna ishlab chiqargan Keniya davlati uchinchi o‘rinni egallaydi.

Choy ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi beshlikka Turkiya (0,27 million tonna) va Shri-Lanka (0,26 million tonna) davlatlari kiradi. Vetnam, Indoneziya va Yaponiya ham choy ishlab chiqaruvchilar orasida yetkachi davlatlar sirasiga kiradi.

Rossiya doimiy ravishda dunyodagi yetakchi choy iste’molchilari qatoriga kirsa-da, ammo ishlab chiqarishda sezilarli darajada ortda qolmoqda. Masalan, 2024 yilda Rossiyada 113 ming tonna choy ishlab chiqarilgan. Ushbu mahalliy ishlab chiqarishning asosiy qismi import qilingan choy barglarini qayta ishlash orqali olindi. Asosiy o‘rim-yig‘im mintaqasi hisoblangan Krasnodar o‘lkasida ushbu yil davomida bor-yo‘g‘i 373 tonna choy yig‘ib olindi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.