Bunaqasi 500 yil ichida sodir bo‘lmagan: 2026 yil astronomik hodisalar va voqealarga boy yil bo‘ladi
Ot yili samoviy kuzatuvlar tarixida noyob davr bo‘lishni "aytmoqda". Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, insoniyat o‘rta asrlardan beri kosmik hodisalarning bunday zich taqvimini ko‘rmagan.
2026 yilning har bir oyi noyob tutilishlar va sayyoralar tizilishi bilan ajralib turadi, ularning ba’zilari bir necha asrda bir marta, boshqalari esa o‘n minglab yilda bir marta sodir bo‘ladi, deb yozadi Life.ru.
Asosiy voqealardan biri bugun, 7 yanvar kechasi, Merkuriy, Venera va Mars bir safda turib, nodir konfiguratsiyani tashkil qilganda sodir bo‘ladi.
17 fevral kuni Antarktida ustidagi halqa shaklidagi Quyosh tutilishi bundan ham ajoyib bo‘lishini va’da qilmoqda. Oy butun quyosh diskini deyarli qoplab, qutb kuni fonida yorqin, olovli halqa qoldiradi.
Faqat «Konkordiya» va “Mirniy” stansiyalari tadqiqotchilari ko‘ra olishi mumkin bo‘lgan quyosh tutilishini qisman Janubiy Amerika va Afrika aholisi kuzata olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
12 avgust kuni butun dunyo e’tibori so‘nggi 114 yil ichida birinchi marta quyosh tutilishi sodir bo‘ladigan Ispaniyaga qaratiladi. O‘sha kuni Oyning soyasi mamlakatning katta qismidan o‘tib, yirik shaharlar va orollarni qamrab oladi.
Bu voqea o‘ziga xos tutilishlar boshlanishini ochib beradi: 2027 va 2028 yillarda qator tutilishlar pallasi ostida qolgan Ispaniya Yevropadagi astronomik turizm markaziga aylanadi.
Avgust oyidagi tutilishlar nafaqat yevropaliklarni ajablantiradi., balki uning trayektoriyasi Shimoliy qutbdan o‘tib, Taymir yarim orolini to‘liq zulmat ostida qoldiradi. Olimlarning ta’kidlashicha, bir yarim sharda boshlanadigan tutilish go‘yo vaqt bo‘ylab sayohat qilib, sakkiz soatdan keyin ikkinchi yarim sharda tugaydi.
2026 yil ikkita ketma-ket sodir bo‘ladigan davrlar - quyosh va oy tutilishi koridorini taklif qiladi. Bu yo‘laklarning birinchisi fevralda, ikkinchisi avgust oyida ochiladi.
Garchi ilm-fan bunday talqinlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lsa-da, ushbu oraliqlar an’anaviy tarzda mistik hisoblangan va munajjimlar ularni taqdirli o‘zgarishlar bilan bog‘lab keladi.
Tutilishlarga qo‘shimcha ravishda, bir nechta sayyoralar saf tortib, osmonni bezaydi. Fevral va avgust oylarida tiziladigan oltita samoviy jismlar qatoriga Oy ham qo‘shiladi. Sayyoralarning ba’zilari hatto durbinsiz ko‘rinadigan darajada o‘zini namoyon qiladi.
Shu tarzda 2026 yil olimlar, munajjimlar, butun dunyo bo‘ylab millionlab koinot ishqibozlari e’tiborini birlashtirgan noyob astronomik hodisalar yili sifatida tarixga kiradi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.