Ranglar qo‘rquvlar haqida nimalarni oshkor qiladi?
Psixologlar yillar davomida odamlarnnig qaysi ranglarni afzal ko‘rishi va ong osti tashvishlari o‘rtasidagi bog‘liqliklarni o‘rganib kelmoqda. Aniqlanishicha, bizni o‘rab turgan ranglar o‘zimiz xabardor bo‘lmagan chuqur qo‘rquvlarni aks ettirar ekan.
Misol uchun, ko‘k rangga bo‘lgan mayl ko‘pincha tartibsizlik qo‘rquvini niqoblaydi. Bu rangni tanlagan odamlar barqarorlik va nazoratni izlaydi, chunki ular bolalik davrida ko‘chib o‘tish, ota-ona ajralishi yoki moliyaviy qiyinchiliklar kabi keskin o‘zgarishlarni boshdan kechirgan bo‘lishi mumkin. Ko‘k rang tartib illyuziyasini yaratib, ularni tinchlantiradi. Ammo buning ortida odatiy dunyoning qulab tushish qo‘rquvi yotadi.

Qizil - ehtiros va kuch-qudrat rangi, bu rang ojizlik (notavonlik)dan qo‘rqqanlar tomonidan tanlanadi. Haqiqiy hayotda yetishmaydigan yorqinohanglar kuch va energiya bilan bog‘liq. Masalan, maktabda yoki ishda xo‘rlanishni boshdan kechirgan kishi ongsiz ravishda o‘zi va boshqalarni ishontirish uchun qizil rangga intiladi.Shuningdek, bu rang zaiflik yoki qaramlikqo‘rquvini ham ochib beradi. Bunday odamlar ko‘pincha zaifligini bildirib qo‘yishi mumkin bo‘lgan holatlardan qochib, o‘zini ishga ko‘mib tashlaydi.

Yashil rang uyg‘unlikni anglatadi, ammo uning muxlislari tahqirlanish qo‘rquvini yashirishlari mumkin. O‘zlarini bu rang bilan o‘rab olganlar, o‘z xohish-istaklarini chetga surib qo‘yib, birinchi navbatda boshqalarni xursand qilishga shoshiladi.Ular rad etilish yoki masxara bo‘lishdan qo‘rqib yuradi. Misol uchun, yashil kiyim kiygan odam ongsiz ravishda atrofidagi dunyo bilan uyg‘unlashishni istaydi. Bu, ayniqsa, o‘tmishda ta’qib yoki tanqidni boshdan kechirganlarda seziladi. Yashil rang ular uchun o‘zlarining individualligini yashiradigan qalqonga aylanadi.

Sariq rang quvonch bilan bog‘liq, lekin uni sevadiganlar ko‘pincha yolg‘izlikdan qo‘rqishadi. Quyoshli soyalar doimiy e’tibor zarurligini yashiradi va ichki bo‘shliq o‘rnini to‘ldiradi.Bunday odamlar davrani qizitadi, lekin jimlikda tashvishlanishdan azob chekadi. Sariq rangini yolg‘iz qolish yoki xiyonatdan qo‘rqqanlar tanlaydi. Misol uchun, bog‘chadan o‘z vaqtida olib ketilmagan bola katta bo‘lgach, ongsiz ravishda o‘z qo‘rquvlarini "yoritib qo‘yishga" harakat qilib yashaydi.

Qora - eng sirli rang. Uning muxlislari daxlsiz bo‘lib ko‘rinishga intiladi, ammo buning ortida fosh etilish qo‘rquvi yotadi. Ular qora rang begona ko‘zlardan himoya qilib, masofani yaratadi, deb o‘ylasa ajabmas. Bu rangni afzal ko‘rgan odamlar ko‘pincha tanqid yoki tanbehdan qo‘rqishadi. Misol uchun, tashqi ko‘rinishi haqorat qilingan o‘smir o‘z ishonchsizligini yashirish uchun faqat qora kiyim kiyishni boshlashi mumkin. Qora rang shuningdek, ichki dunyo va voqelik o‘rtasidagi to‘siq sifatida ishlatiladi.

Oq rangni ham o‘ziga, ham boshqalarga haddan tashqari yuqori talablar qo‘yib, mukammallikka intiladigan perfeksionistlar tanlaydi. Ularning eng katta qo‘rquvi xato qilishdir. "Toza fonda" har qanday xatolik sezilib qolinishi tufayli oq rang qiyin qarorlardan qochishning bir usulidir. Bunday odamlar tanqidni to‘g‘ri qabul qila olmaydi, ular muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqib, muhim qarorlarni keyinga qoldirishi mumkin. Misol uchun, yillar davomida ish joyini o‘zgartirishga botinolmagan kishi ongsiz ravishda o‘zini oq narsalar bilan o‘rab oladi, bu esa unga o‘z hayotini nazorat qilish illyuziyasini yaratadi.

Binafsha rangni yaxshi ko‘radiganlar kundalik tashvishlardan qo‘rqadi. Bu ijodkorlar va xayolparastlarning rangi, ular ko‘pincha "boshqalardek" bo‘lishni hohlamaydi. Binafsha rangni tanlagan odamlar zerikarli kundalik hayotni sarguzashtlarga boy qilishlari yoki sheriklarini o‘zgartirishlari mumkin. Ularning vazifasi - o‘ziga xosligini yo‘qotmaslik va olomonichida aralashib ketmaslikdir.
***
Ushbu ob’yektiv qonuniyatlarga asoslangan faktlarni bilish nafaqat qo‘rquvlarni tushunishga, balki ularni yengishga yordam beradi. Misol uchun, agar siz qizil rangni yaxshi ko‘rsangiz-u, lekin notavonlikdan qo‘rqsangiz, vazifalarni olg‘a surish, yordam so‘rashni o‘rganishkabi kichik qadamlardan boshlang. Yashil rang muxlislari rad etilish qo‘rquvini yengish uchun, "yo‘q" deyish amaliyotini amalda qo‘llashni yo‘lga qo‘yishi lozim.
Ranglar ong osti eshigining kalitidir va ulardan foydalanish orqali siz qo‘rquvlaringizni o‘sish nuqtalariga aylantirishingiz mumkin.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.