Munajjimlar bashorat qiladi (19-25 yanvar)
🐑 Qo‘y
Ushbu burj vakillari uchun hafta juda samarali. Karera va moliyaviy masalalarda yaxshi natijalarga erishish mumkin. O‘qish va shaxsiy rivojlanishda omadli, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tiladi. Ishtahani nazorat qiling. Rejalarni amalga oshirish uchun qulay davr. Yo‘lda va sayohatda diqqatingizni jamlang.
🐂 Buzoq
Buzoqlar uchun o‘qish va sayohat bilan bog‘liq masalalar muvaffaqiyatli kechadi. Do‘stlar qo‘llab-quvvatlaydi, yangi taassurotlarga intilish kuchayadi. Mutolaa va toza havoda jismoniy mashqlar ruhiy holatingizni yaxshilaydi va ichki barqarorlikni mustahkamlashga yordam beradi. Jamoaviy nizodan tiyiling.
👯 Egizaklar
Bu hafta egizaklar murakkab va sirli masalalarga javob topishda o‘z qobiliyatlarini namoyon qiladi. Davlat idoralari bilan bog‘liq nozik ishlar muvaffaqiyatli hal bo‘ladi, nufuzli inson yordami ehtimoldan xoli emas. Ruhiy xotirjamlikka erishish, dam olish va ma’naviy amaliyotlar bilan shug‘ullanish uchun qulay davr. Ijodiy tanlovlar orqali muvaffaqiyat erishish imkoni bor.
🦀 Qisqichbaqa
Qisqichbaqalar uchun hafta davomida sheriklik va oilaviy munosabatlar mustahkamlanadi. Turmush o‘rtog‘ingizga yangicha nazar bilan qarash, oilaviy hayotingizni boshqalar bilan taqqoslab, ijobiy xulosaga kelish imkonini beradi.
🦁 Arslon
Arslonlarga uyda va ishda tartib o‘rnatish tavsiya etiladi. Bu sog‘liq va kayfiyatga ijobiy ta’sir qiladi. Kasbiy sohada o‘zgarishlar uchun yaxshi vaqt. Oilaviy munosabatlarda ochiq muloqot va o‘zaro murosa orqali kelishuvga erishish mumkin.
👧 Parizod
Shaxsiy hayot juda omadli kechadi. Romantik munosabatlar, oila, ijod va sevimli mashg‘ulotlar uchun qulay hafta. Bolalar bilan muloqot mustahkamlanadi, tarbiyada yaxshi natijalarga erishiladi. Oilaviy mulk va uy-joy masalalarini hal etish, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yaxshi vaqt. Safarda romantik tanishuv ehtimoli bor.
⚖️ Tarozi
Bu hafta yomon odatlardan qutulish va sog‘liqni mustahkamlashga juda mos. Ishchanlik yuqori bo‘ladi, oilada o‘zaro tushunish mustahkamlanadi. Yaqinlar bilan muloqot, meros masalalarini muhokama qilish muvaffaqiyatli kechadi. Ishda va uyda tartib o‘rnatish, hamkorlik va murosaga kelish uchun qulay davr.
🦂 Chayon
Bu hafta Chayonlar uchun muhabbat, muloqot va ijodda omadli davr. Romantik munosabatlar avj oladi, yoqimli taassurotlar, sovg‘alar va dam olish kutilmoqda. Uyda tartib o‘rnatish va eski narsalardan qutulish ijobiy o‘zgarishlarga yo‘l ochadi. Oilaviy munosabatlar barqaror, sog‘lom turmush tarziga o‘tishning ayni vaqti.
🏹 O‘qotar
Asosan mehr-oqibatga urg‘u beradigan hafta. Oilaviy munosabatlar me’yorda bo‘lsa-da, qarindoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashga kirishgan ma’qul. Ayniqsa, katta avlod vakillariga e’tibor berish muhim. Moddiy va maishiy masalalar uchun muvaffaqiyatli, sog‘lom turmush tarziga o‘tish, uyda qulaylik va osoyishtalikni oshirish uchun yaxshi davr.
🐐 Tog‘ echki
Tog‘ echkilari uchun bu hafta shaxsiy rivojlanishga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. Ortiqcha va keraksiz aloqalardan qutulish, ijod va o‘z-o‘zini anglash uchun qulay davr. Yangiliklardan xabardor bo‘lish ishlaringizni yengillashtiradi. Qiyofangizni o‘zgarishga qodir romantik munosabatlar uchun «yashil» svetofor.
🌊 Qovg‘a
Dam olish, osoyishtalik va yakkalikka ehtiyoj seziladi. Tabiat qo‘ynida dam olish, ma’naviy va madaniy hordiq ruhiy muvozanatni tiklaydi. Oilada, ayniqsa katta avlod bilan munosabatlarda sabr-toqat va barqarorlik namoyon eting. Bilimni kengaytirish va yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun qulay davr, qiziqishlaringiz noodatiy mavzularga qaratiladi.
🐟 Baliq
Baliqlar uchun juda yaxshi hafta. Do‘stlar va yaqinlar bilan aloqalar muhim ahamiyat kasb etadi. Sayohat va do‘stona uchrashuvlar uchun yaxshi davr. Hafta oxirida orzuingiz ushalishi mumkin. Qiziqarli tanishuvlar, kutilmagan takliflar va oson amalga oshadigan rejalar quvontiradi.
Gulnora Xoldorova tayyorladi.