Janjalchi ayol — donishmand uchun saboq

Suqrotning rafiqasi va uch o‘g‘lining onasi Ksantippa o‘ta janjalkash ayol edi.

U doimo erini vaqtini behuda sarflagani uchun avrab, mashmasha qilar, janjal keltirib chiqarardi va hatto qo‘l ko‘tarishdan ham qaytmasdi.

O‘zining o‘tkir tiliga qaramay, buyuk faylasuf xotini nazdida juda yuvosh turar, har doim hayratlanarli darajada unga nisbatan yumshoq munosabatda bo‘lardi.

Do‘stlari undan “Nega dunyodagi eng janjalkash ayol Ksantippani qayta tarbiyalamaysiz yoki uyingizdan haydab chiqarmaysiz? - deb so‘rashganida u shunday javob bergan:

– Yaxshi chavandoz bo‘lishni istagan kishi yuvosh otni emas, balki gijing (o‘ynoqi) otni tanlab oladi. Shu sababli, modomiki, men u bilan yashay oladigan bo‘lsam, demak boshqa har qanday odam bilan muloqotim oson kechadi, degan maslak bilan unga uylanganman, - deb javob berdi donishmand.

Ksantippaning g‘azabidan so‘ng, falsafiy bahslarda hech qanday raqib unga qo‘rqinchli tuyulmas edi! Suqrot o‘z-o‘zini o‘stirib takomillashtirish uchun ham bunday doimiy salbiy tajribalardan foydalanib kelgan. Inson har doim turli xil sharoitdan o‘z manfaati uchun foydalana olishi kerak, chunki har bir vaziyat bu o‘rganish tajribasidir.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.