Albert Eynshteynning baxtli hayot uchun dono va juda qimmat(!) formulasi

1922 yilda Albert Eynshteyn Tokioga safar qildi va u yerda bir qator ma’ruzalar o‘qidi. Kunlarning birida “Imperial” mehmonxonasidagi unga ajratilgan xonaga kelgan tashuvchi xodim unga tabrik telegrammasini olib keldi...

Telegrammada olimning Nobel mukofoti bilan taqdirlangani haqida xabar bor edi. Yaponiyada choy-chaqa puli to‘lash odatiy hol emas, shu sababli Eynshteyn yetkazib beruvchidan ikkita mehmonxona blankasini olib kelishni iltimos qildi.
2017 yilning oktyabr oyida Eynshteyn bir qalam tortib, gajak tushirgan ikkita bu blankalar 1 million 800 ming AQSh dollariga sotildi.
Qog‘ozlarning birinchisida: “Doimiy tashvishlar bilan bog‘liq muvaffaqiyatga intilishdan ko‘ra osoyishta va kamtarona hayot ko‘proq baxt keltiradi...”, ikkinchi varaqda esa: "Iroda bor joyda chiqish yo‘li ham topiladi", deb yozilgan edi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.