Tokioda taksisidagi halollik darsi
Yaponiya poytaxti Tokioda bir kishi taksi to‘xtatar ekan til bilmasligi tufayli o‘zi bormoqchi bo‘lgan institut nomini aytib qo‘ya qoldi. Taksi haydovchisi tushundi shekilli, bosh irg‘adi va yapon madaniyatiga xos holda yo‘lovchiga hurmat yuzasidan mashina eshigini ochdi.
Yo‘lga tushishlari bilan taksi haydovchisi hisoblagichni yoqdi, bir muncha vaqt o‘tgach, uni o‘chirib qo‘ydi va keyin yana yoqdi. Yo‘lovchi hayron bo‘ldi, lekin til bilmaganligi uchun indamay ketaverdi. Institutga yetib borgach, uni kutib olgan odamga:
— Taksi haydovchisidan nima uchun yo‘lda kelayotganimizda hisoblagichni bir muddat o‘chirib qo‘yganligi sababini so‘rab bilingchi, - dedi.
Haydovchidan so‘rashganda, u javob berdi:
— Men yo‘lda kelayotib burilish kerak bo‘lgan joydan o‘tib ketib qoldim. Qaytib burilish yo‘li 2,5 kilometrcha edi. Shuning uchun hisoblagichni o‘chirib qo‘ydim. Men yo‘lovchidan o‘zimning xatoyim sababli ortiqcha yurilgan yo‘l uchun haq ololmayman.
Mirza ANVAR.