“Fast food” uchun yarim tayyor mahsulot Jomboyda tayyorlanyapti
Yaqinda Jomboy tumanida yana bir korxona, “GOLD LAVASh” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishga tushirildi. Bu yerda tez tayyor bo‘ladigan taomlar uchun yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilyapti.
Korxonaga Turkiya, Xitoy va Rossiyadan zamonaviy uskunalar keltirilgan. Hozircha bu yerda 30 nafardan ziyod ishchi-xodim mehnat qilyapti. Ular uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
- Bu yerda qadoqlovchi bo‘lib ishlayapman, - deydi Umida Muhammadiyeva. – Yaxshi maosh to‘lanadi, kelib-ketishimizga transport tashkil etilgan. Ikki mahal issiq ovqat beriladi. Ishimiz og‘ir emas.
Ayni paytda bu yerda qo‘shimcha uskunalar o‘rnatish ishlari amalga oshirilyapti. Korxona to‘liq ishga tushgach, 200 kishi ish bilan ta’minlanadi. Ular yordamida sutkasiga 30 tonna mahsulot tayyorlanadi.