Buyuk tarixiy shaxslarning bema’ni o‘limlari
Li Po - Oy quchog‘idagi o‘lim

Xitoy adabiyotining eng mashhur namoyandalaridan biri shoir Li Po ko‘pincha “ichib olib”, o‘zining o‘lmas asarlarini tasodifiy o‘tkinchilarga aytib berar edi. Bir kuni kechasi Li Po Yanszi daryosi bo‘ylab qayiqda suzib, ifodali she’r o‘qib turib, oy aksini quchoqlashga urinib ko‘rmoqchi bo‘ldi, biroq u qayiqdan yiqilib, suvga cho‘kib ketdi.
Frensis Bekon – muzlatgich yarataman!

XVI asrning nufuzli davlat arbobi va faylasufi ichak-chavoqlari tozalangan tovuqni qor bilan to‘ldirgandan so‘ng vafot etdi (u tovuq go‘shti uzoq saqlanishi uchun tuz o‘rniga qordan foydalanish g‘oyasini o‘ylab topdi va u o‘z nazariyasini sinab ko‘rmoqchi edi). Sinov natijasida tovuq emas, Bekonning o‘zi muzlab qoldi.
Jan-Batist Lyulli – durdona asar kerak!

XVII asrda fransuz qiroli topshirig‘i bilan musiqa yaratgan bastakor o‘z ishiga bo‘lgan haddan tashqari sadoqati tufayli vafot etdi.
Kunlarning birida konsyertga tayyorgarlik paytida u juda hayajonlanib, hassasini yerga urib, o‘z oyog‘ini teshib qo‘ydi va qon zaharlanishidan vafot etdi.
Klod Fransua – lampani almashtirmoqchi edim, xolos

Fransiyalik qo‘shiqchi suvi to‘la vannada turgan holda lampochkani almashtirmoqchi bo‘lganida elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi.
Allan Pinkerton – tutqich bermas detektiv

Amerikalik afsonaviy detektiv o‘limning ko‘ziga qayta va qayta qaragan. U qaroqchilar tomonidan o‘qqa tutilgan, zo‘ravonlikda ushlab turilgan bo‘lishiga qaramasdan har doim ular dastidan sog‘-salomat chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Kunlarning birida u tekis yerga yiqilib, tilini tishlab oldi, bir necha kundan keyin esa u qon zaharlanishidan vafot etdi.
Zakari Teylor – juda issiq!

Amerika Qo‘shma Shtatlarining 12-prezidenti 1850 yilning 4 iyulidagi juda issiq kundagi marosimdan so‘ng ko‘p muzqaymoq yeb qo‘ydi. Ovqat hazm qilish buzilishi rivojlandi va 5 kundan keyin, atigi 16 oy prezidentlik qilgan Teylor vafot etdi.
Djek Deniel – seyf kodini kim o‘zgartirdi?

Mashhur «Jack Daniel’s» viskisining “otasi” seyfidagi o‘zi o‘rnatgan kombinasiyani unutib qo‘yib, boyliklari saqlanadigan temir shkafni tepayotganda oyog‘ barmog‘ini sindirib qo‘ydi. Oyog‘i jarohatlaganidan olti yil o‘tib Deniel qorason kasalligidan vafot etdi.
Hans Shtayninger – yana kimda shunday soqol bor?

Avstriyalik Hans Shtayninger dunyodagi eng uzun soqoli (taxminan 1,4 metr) va... shu tufayli halok bo‘lgani bilan jahonda shuhrat qozongan.
1567 yilda Hans yashagan shaharda yong‘in sodir bo‘ladi. Olovdan qutulishga shoshilayotgan Hansning soqoli oyoqlari ostiga chigallashib qoladi. U tasodifan o‘z soqolining uchini bosib, muvozanatni yo‘qotadi. Yiqilib ketib, bo‘ynini sindiradi va halok bo‘ladi.
Al-Johiz – o‘z kitoblari ostida qoldi

Arab ensiklopedisti, adabiyot, tarix va falsafaga oid ko‘plab asarlar muallifi Al-Johiz 868 yilda o‘z bilimdonligi qurboniga aylandi. U o‘sha davrdagi qog‘oz o‘rnini bosgan og‘ir buzoq terisiga yozilgan kitob javonlari ustiga tushib ketganida, ezilib qolib halok bo‘ldi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.