Xalq deputatlari viloyat Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi 23 yanvar kuni o‘tkaziladi
Bu haqda xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 20 yanvarda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
- viloyatda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, omillarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar bo‘yicha viloyat prokurori M.Eshnazarovning axboroti;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahri bo‘yicha ishlab chiqilgan transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasiga asosan 2024-2025 yillarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i R.Tojiyevning hisoboti;
- Samarqand viloyatining Jomboy, Past Darg‘om, Narpay tumanlaridagi samarasiz kichik sanoat zonalarini tugatish to‘g‘risida;
xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2020 yil 26 iyundagi “Payariq tumani va Kattaqo‘rg‘on shahrida kichik sanoat zonalari tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025 yil 2 maydagi “Viloyatdagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlarini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;
- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025 yil 20 avgustdagi VII-16-127-7-0-K/25-son, 26 sentyabrdagi VII-17-143-7-0-K/25-son, 10 oktyabrdagi VII-18-152-7-0-K/25-son, 31 oktyabrdagi VII-19-165-7-0-K/25-son, 18 noyabrdagi VII-20-168-7-0-K/25-son hamda 9 dekabrdagi VII-22-183-7-0-K/25-son qarorlarining ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
- Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan hamkorlikda “Institutsional va ijtimoiy infratuzilma binolarini “yashil” qayta jihozlash” bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan birgalikda “Jamoat binolarida energiya samaradorligini oshirish (bog‘chalar, maktablar, shifoxonalar)” va “Sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish” (ikki bosqichli qarz) ishlab chiqilgan loyihalar konsepsiyalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yil 27 dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;
- xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 22 dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;
- Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.