Dunyoga eng ko‘p milliarder tayyorlab bergan universitetlar

Visualcapitalist yaratgan navbatdagi infografikada milliarder bo‘lib ketgan bitiruvchilari soni ko‘p bo‘lgan ta’lim muassasalari keltirilgan. Ushbu ro‘yxat AQSh universitetlari ustunlik qilishi va Osiyo universitetlarining o‘sib borayotgan rolini aks ettiradi.
Garvard universiteti umumiy boyligi qariyb 600 milliard dollarga teng 104 milliarderni yetishtirdi. Universitet hattoki Bill Geyts va Mark Sukerberg kabi u yerda tahsil olgan, ammo o‘qishni tugatmasdan chiqib ketgan mashhur bitiruvchilarni kiritmagan holda ham reytingda birinchi o‘rinda turadi.
Stenford universiteti Kremniy vodiysi bilan yaqin aloqalari tufayli Yahoo qidiruv tizimi asoschisi Jerri Yang va onlayn buyurtmalar yetkazib beruvchi DoorDash kompaniyasi asoschisi Endi Fung kabi milliarder bitiruvchilarni chiqardi. Pensilvaniya universiteti dunyoga Ilon Maskni berdi.
Kolumbiya universiteti eng mashhur bitiruvchilari orasida afsonaviy investor Uorren Baffet bor. Massachusets Texnologiya instituti (MIT) esa texnologiya va sanoat yetakchilarini chiqardi, jumladan, Koch Industries kompaniyasi asoschisi Charlz Kox ularning biridir.
Amerika universitetlari yetakchi o‘rinlarni egallab turgan bir vaqtda, ma’lumotlar Osiyo oliy ta’lim muassasalari ham tez vazn ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Milliarder bitiruvchilar soni bo‘yicha kuchli 20 talikka Mumbay universiteti, Sinxua Pekin universiteti va Seul milliy universiteti kiradi. Ushbu siljish Osiyoning iqtisodiy o‘sib borishi, tadbirkorlarning yuksalishi va milliy kapital bozorlarining mustahkamlanishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelyapti.
Misol uchun, Xitoydagi eng nufuzli universitetlardan biri Pekin universitetining milliarder bitiruvchilari qatoriga Baidu asoschisi Robin Li bor. U singari Reliance Industries raisi va Hindistonning eng boy odami Mukesh Ambani Mumbay universitetida kimyo muhandisligi bo‘yicha tahsil olgan.
Rossiya universitetlari orasida 13 milliarderni tarbiyalagan M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti yetakchilik qilmoqda.