Dunyo xaritasi turli mamlakatlarda turichako‘rinishga ega(mi?)
Ha, turli mamlakatlardagi dunyo xaritasi har xil ko‘rinishga ega ekan. Afrika, Amerika, Avstraliya va Yevropa qit’alardagi maktab o‘quvchilarigeografiyani sayyoradagi "qo‘shnilari"ga qaragandabutunlay boshqacha o‘rganishadi. Dunyo xaritasiaslida qanday ko‘rinishga ega va turli tasvirlardama’lumotlar qanchalik «buzib» ko‘rsatilgan?

Yevropa va Afrikadagi jahon xaritasi
Yevropa dunyo xaritasi, xuddi Afrikada bo‘lganikabi, Yevroosiyo materigining o‘rta qismidajoylashgan. Bu xaritaning o‘rtasida Yevropajoylashtirilgan, vertikal tiq chiziq London bo‘ylab o‘tadi, Antarktida esa kesilgan shakldatasvirlangan.

Misol uchun, postsovet hududidagi dunyo xaritasi, xususan, Ukraina, Rossiya, Belarus va ilgari SSSR tarkibiga kirgan boshqa mamlakatlarning ko‘rinishi boshqacha. Markazda Afrika va Yevroosiyo, vertikal chiziq esa Moskva bo‘ylab o‘tadi, Shimoliy va Janubiy Amerika chapda, Alyaska va Kanada yuqori o‘ngda, Avstraliya va Antarktida esa pastdajoylashgan.
Amerika darsliklarida dunyo xaritasi qanday ko‘rsatilgan?
AQShda dunyo xaritasi qanday ko‘rinishga ega ekanligini kam odam ko‘rgan, lekin agar siz uni yaxshilab kuzatsangiz, Amerika Qo‘shma Shtatlarixarita markazida joylashtirilganligi, Avstraliyaning o‘lchami buzib ko‘rsatilganligi sababli davlat aslidagisidan ancha kichik qilib ko‘rinishi, Grenlandiya esa aksincha, juda katta ekanligini ko‘rishingiz mumkin.

Kanada va Chilidagi bolalar ham AQShdagi maktabo‘quvchilari bilan bir xil tasvirni ko‘rishadi.
Avstraliyada dunyo xaritasi qanday ko‘rinishgaega?
Avstraliyaliklarning dunyo xaritasi boshqaqit’alardagi odamlarni hayratda qoldiradi. Ular uni teskari qilib qo‘yishgan va bu haqiqat. Antarktida tepada turadi, Rossiya Kanada kabiulkan, Amerika bu ikki davlat bilan solishtirganda juda kichkina ko‘rinadi va bundantashqari, ikkiga bo‘lingan, xarita markaziAvstraliya yoki Tinch okeanida joylashgan.

Shunday bo‘lsa-da, Avstraliyada doimiy yashovchiodamlar bunday xarita faqat esdalik sifatidayaratilganini aytishadi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.