Samarqand elektr tarmoqlari 30 yilga xalqaro boshqaruvga o‘tmoqda
- 04.05.2026 20:46
- 61
- Iqtisodiyot
Turkiyaning “Aksa Elektrik” kompaniyasi xalqaro tender g‘olibi sifatida Samarqand viloyati elektr energiyasi taqsimlash tarmoqlarini 30 yil muddatga boshqarish huquqini qo‘lga kiritgan edi.
Ayni paytda filialni xalqaro tender g‘olibi boshqaruviga rasman topshirish jarayonlari olib borilmoqda.
Bugun Samarqandda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi Asrorjon Askarovning kompaniya vakillari bilan kelgusidagi rejalar hamda viloyat elektr ta’minotini yanada yaxshilashga qaratilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda kompaniya vakillari hududiy filialda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan strategik rejalar xususidagi taqdimoti bilan tanishtirishdi. O‘z navbatida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati va mutasaddilari kompaniya vakillariga elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilashda kelgusida e’tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatlar haqida tavsiyalar berdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ishchiga ham, ish beruvchiga ham yordam berilyapti
- 48 daqiqa avval
- Iqtisodiyot