Elektr tarmoqlari yana avariya bo‘lganini xabar qilmoqda

"Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ Samarqand shahridagi "Yuqori xo‘ja soat", "O‘rta xo‘ja soat", "Quyi xo‘ja soat" mahallalari va Sartepa massivining bir qator hududlarida uzilishlar bo‘layotganini ma’lum qilmoqda.

Bunga sabab sifatida 355-fiderning elektr qurilmasida nosozlik yuzaga kelgani aytilmoqda. Ayni paytda holatni bartaraf etish uchun ishlar olib borilmoqda.

"Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ o‘z xabarida noqulaylik uchun samarqandliklardan uzr so‘ragan.

Tahririyatdan: Kechasi yoqqan qordan so‘ng viloyatning turli hududlaridan elektr ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha aholidan murojaatlar kelmoqda.