Past Darg‘omda elektrchilar xonadonlarga "svet berish" choralarini ko‘ryaptimi?

Kecha boshlangan qorli-qirovli kunlarda viloyatimiz bo‘yicha elektr energiyasida uzilish bo‘lmasligi uchun zarur choralar ko‘rilgan edi. Ammo tarmoqlarning eskirgani, zo‘riqishlar sodir bo‘lgani baribir o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Oqibatda bugun joylarda elektr energiyasida uzilishlar sodir bo‘ldi. Nosozliklarni tezda bartaraf etish uchun “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”, jumladan, korxonaning Past Darg‘om tumani elektr ta’minoti korxonasi ishchi xodimlari kechki vaqt va sovuq bo‘lishiga qaramay joylardagi nosozliklarning oldini olmoqda.

Ayni paytlarda tumandagi "Timur", "Qayrag‘och", "O‘tarchi", "Islomobod", "Bahodir", "Po‘latchi" fiderlarida avariyaviy holat yuzaga kelgan. Elektrchilar tarmoqlar va nimstansiyalardagi kamchiliklarni bartaraf etib, aholi xonadoniga elektr energiyasi yetkazib bermoqdalar.

"Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati.