Muammo yashirilishi emas, hal qilinishi kerak
- 18.09.2025 15:10
- 120
- Samarqand

Kecha Samarqand shahrida elektr energiyasi ta’minotidagi uzilish haqida xabar berilgan edi.
Unga munosabat bildirgan tizim mutasaddilari holatni texnik nosozlik bilan izohlashdi.
Ammo "bunday texnik" nuqson faqat Samarqand shahrida emasligi oydinlashmoqda. Jumladan, viloyat adliya boshqarmasi elektr enegiyasidagi uzilishlar davlat xizmatlari ko‘rsatishda muammo bo‘layotganini haqida xabarlar tarqatmoqda.
Ulardan birida Qo‘shrabot tumani davlat xizmatlari markazida elektr ta’minotidagi uzilish sababli vaqtincha xizmat ko‘rsatilmasligi bayon qilingan.
Oradan ko‘p o‘tmasdan Ishtixon tumanida ham ahvol shundayligi bildirilgan.
Ularning hech birida vaziyat o‘nglanishi haqida aytilmagan. Bexabarlikdan yomoni yo‘q.
Shu bois elektr enegiyasi ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi viloyat tashkilotlari muammoni xaspo‘shlamay, uni hal qilish choralarini ko‘rishi kerak. Zero, kichkina yolg‘on keyingilarini yetaklab kelaveradi...
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Muammo yashirilishi emas, hal qilinishi kerak
- 1 soat avval
- Samarqand
Polsha Xitoy uchun Yevropaga eshigini yopdi
- 2 soat avval
- Xorij