Inson huquqlarini himoya qilish – davlat va jamiyatning asosiy vazifasi
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqqa Murojaatnomasida inson huquqlari vaerkinliklarini himoya qilish masalasi ustuvorvazifalar qatorida ta’kidlandi. Davlat insonhuquqini himoya qilishda faqat qonunchilik bilancheklanmaydi, balki ijtimoiy adolat vabarqarorlikni ta’minlaydigan tizim yaratadi.
Murojaatnoma mazmuniga ko‘ra, odil sudlovjarayonida inson huquqlari ta’minlanishi shart. “Raqamli sud” konsepsiyasi doirasida tergov vasud ishlarini raqamlashtirish orqali insonomillari qisqartiriladi, korrupsiya vabyurokratiyadan xoli tizim yaratiladi. Bu esa harbir fuqaroning huquqi va qonuniy manfaatlarinihimoya qilishni ta’minlaydi.
Davlat jinoyat ishlarini ham adolatli va shaffoftarzda ko‘rib chiqishga katta ahamiyat qaratmoqda. Shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarinibuzish holatlariga qarshi samarali monitoring tizimlari yaratilmoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalari va raqamli platformalar orqalihar bir murojaat tez va adolatli ko‘rib chiqiladi, fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilishda aniq vaoson yo‘lga ega bo‘ladi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, insonhuquqlarini himoya qilish – nafaqat sud va tergovidoralarining, balki butun jamiyatning vazifasi. Davlat va fuqarolik jamiyati birgalikda harakatqilib, qonunlarga rioya qilishni ta’minlashi, inson huquqlari va erkinliklarini himoyaqilishni oddiy hayotning tarkibiy qismigaaylantirishi kerak.
Murojaatnomada ta’kidlanishicha, har birfuqaro, ayniqsa yoshlar, o‘z huquq va qonuniymanfaatlarini bilishi, ularni himoya qilishdafaol ishtirok etishi kerak. Davlat bu yo‘nalishdata’lim va ma’rifatni kuchaytirishni ustuvorvazifa sifatida belgilagan. Inson huquqlari – fuqarolarning ishonchli himoyasi va sog‘lomjamiyat qurishning asosi hisoblanadi. Shu boisyoshlarimiz huquqiy bilimga ega bo‘lishi, adolat vaqonuniylik tamoyillarini anglab yetishi hamdahayotda qo‘llashi zarur.
Shu tariqa, Prezidentning Murojaatnomasidabelgilangan vazifalar inson huquqlari vaqonuniy manfaatlarning har qachongidan hamustuvorligini ko‘rsatadi. Har bir fuqaro o‘zhuquqlarini himoya qila oladigan, sud va davlatidoralari shaffof va adolatli ishlaydiganjamiyatda yashash imkoniga ega bo‘ladi. Bu esamamlakatimiz taraqqiyoti, ijtimoiy barqarorlikva fuqarolarning ishonch muhitinimustahkamlaydi.
Otabek TOShNIYoZOV,
Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili.