Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Yaponiyada yuz yoshdan oshganlar soni 95 ming nafarga yetdi, Hindistonda halokatli virus tarqalmoqda

🔹 Fransiya Milliy assambleyasi – parlamentning quyi palatasi bugun, 17 sentyabr kuni prezident Emmanuel Makronga impichment e’lon qilish rezolyusiyasini ko‘rib chiqdi.

🔹 2025 yil 1 yanvardan boshlab Moskva viloyati hukumati xorijiy fuqarolarning alkogol va tamaki savdosi, ko‘cha taomlari, ijtimoiy xizmatlar, shuningdek, sport, madaniyat, hordiq chiqarish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida patent bo‘yicha ishlashiga cheklovlar kiritadi.

🔹 Germaniyaning Volkswagen avtokonserni zavodlarining yopilishi munosabati bilan 15 mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatish ostonasida.

🔹 Ukraina qurolli kuchlari 80 ming askarini yo‘qotdi, yana 400 ming askar yaralangan. Rossiya Qurolli kuchlarida qurbonlar soni 200 ming nafar, yaradorlar 500 ming nafar, deyiladi "The Wall Street Journal"da. Ukraina aholisi to‘rt baravar kam bo‘lgani uchun bunday yo‘qotishlarga dosh berish qiyinroq kechadi. Ammo uzoq muddatli urush oqibatlari urushdan oldin ham demografik muammolarga duch kelgan har ikki davlat uchun "halokatli" bo‘ladi, deyiladi manbada.

🔹 Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan aktivlaridan 1,4 milliard yevro foydani Ukrainaga qurol sotib olish uchun ajratdi. Bundan tashqari YeI Ukrainaga 2024 yil oxirigacha, AQSh ishtirokidan qat’i nazar, taxminan 44,48 milliard dollar miqdorida yangi kredit berishga rozi.

🔹 Yaponiyada 100 yoshdan oshgan aholi soni rekord darajadagi 95 ming kishiga yetdi. Mamlakatda sayyoradagi eng keksa odam – 1908 yilda tug‘ilgan 116 yoshli Tomiko Ituka istiqomat qiladi. 65 yoshdan oshgan yaponiyaliklar soni so‘nggi bir yil ichida 20 ming kishiga o‘sgan.

🔹 Rossiyalik tergovchilar Krasnogorskdagi "Krokus siti xoll" konsert zalida sodir etilgan teraktni doirasida 2 mingdan ortiq kishi so‘roq qilingani aytilmoqda.

🔹 Hindistonda halokatli Nipah virusi avj oldi. Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatda ushbu kasallikdan o‘lim holati qayd etilgach niqob taqish rejimi joriy qilingan.