Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yoshlar bojxona sohasida ishlashga qiziqadimi?

Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida talaba-yoshlar hamda bojxonachilar ishtirokida tashkil etilgan tadbirda shu kabi savollarga javob izlandi.

Unda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, bojxona rasmiylashtiruvida tadbirkorlik sub’yektlariga yaratilgan shart-sharoitlar, soha xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yosh kadrlarni bilim saviyasini oshirish borasida qilinayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Samarqand davlat universitetining tarix va yuridik fakultetlari talabalari bojxona organlariga ishga kirish tartibi, bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirish normalari haqida so‘rashdi. Bu haqda soha xodimlari aniq va tushunarli tarzda javob qaytardi.

Tadbir yakunida bojxona xodimlari viloyat axborot-kutubxona markazi fondiga bojxona xizmati va shu sohada ko‘p yillar ishlagan kasb egalari faoliyati bilan bog‘liq kitoblar sovg‘a qilishdi.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.