Yuridik texnikumlarda tashkil etilgan “Yozgi va qishki maktablar” haqida bilasizmi?
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublikamizdagi barcha yuridik texnikumlarda qo‘shimcha ta’lim olish istagi bo‘lganlar uchun “Yozgi va qishki maktablar”, shuningdek, pullik asosida tayyorlov kurslar tashkil etildi.
Jumladan, “Oliy o‘quv yurtiga tayyorgarlik”, “Yuridik texnikumga kirishga tayyorgarlik”, “Til o‘rgatish kursi”, “Kompyuter savodxonligi” va boshqa kurslar bo‘yicha o‘quvchilar bir yilda qoida tariqasida ikki marta, iyul-avgust (yozgi maktab) va yanvar-fevral (qishki maktab) oylarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Yozgi va qishki maktablar” ishtirokchilari uchun yuridik texnikumlar “O‘quvchilar turar joylari”dan joy ajratilishi mumkin. Maktab va kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilarga sertifikat beriladi.
Yuridik texnikumlarning “Yozgi va qishki maktablar”ida o‘qitiladigan fanlar o‘quv dasturlari xorijiy hamda xalqaro hamkor tashkilotlari ko‘magi hamda mamlakatimizda ta’lim sohasidagi bo‘layotgan o‘zgarish asosida doimiy yangilanib boriladi.
Eng asosiysi, “Yozgi va qishki maktablar” faoliyatini mutaxassisligi bo‘yicha tajribali hamda maxsus tayyorgarliklardan o‘tkazilgan o‘qituvchi-pedagoglar olib boradi.
O.Toshniyozov,
viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Samarqand yuridik texnikum direktori.